www.ziyouz.com kutubxonasi
138
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Ko‘pi mast qiladigan narsaning ozginasi
ham haromdir» (Ahmad, Ibn Moja, Doriqutniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mast qiladigan narsalarni, quyuq yoki suyuq bo‘lsin,
bir-biridan ajratmaganlar (ya’ni, hammasini harom deganlar). Bundan tashqari, unni
aroqqa qorib, non qilib yeydiganlar va nashani suvga ezib ichadiganlar ham bor.
Salaf ulamolari nashani zikr qilmaganlarining sababi ularning davrida nasha iste’mol
qilinmagan. Bu narsa mo‘g‘ullar Islom shaharlariga kelganlaridan so‘ng yuzaga chiqqan.
Nasha haqida she’r ham to‘qilgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha: «Johil bo‘lib nasha
chekadiganlarga ayt: «Uni chekib juda xunuk umr kechirding. Kishining qadr-qiymati
gavhardir, Ey johil, nima uchun uni nashaga sotding».
Allohga qasamki, iblis nashadan shod bo‘lganidek boshqa narsadan quvonmagan.
Chunki pastkash kimsalarga ziynatlab ko‘rsatgan edi, uni o‘zlariga halol qilib olishdi.
Uni halol deb bilib chekish va ekish badbaxt uchun ikkita musibatdir.
Hikoyat
Bir yigit mahzun holda Abdumalik ibn Marvonning huzuriga kelib: «Ey amiral mo‘minin,
men ulkan gunoh qildim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?» dedi. «Nima gunoh qilding?» deb
so‘ragan edi, «Gunohim juda ulkan», dedi. «U nima ekan? Alloh taologa tavba qil. U zot
bandalarining tavbalarini qabul qiladi va kechiradi», dedi. «Ey amiral mo‘minin, men
qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. Men g‘aroyib ishlarni ko‘rdim», dedi yigit. «Nimalarni
ko‘rding?» deb so‘ragan edi, u boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi: «Bir kecha bir
qabrni kavladim. Qarasam, mayyitning yuzi qiblaga teskari bo‘lib qolibdi. Undan qo‘rqib,
endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, shu payt qabrda kimningdir: «Mayyitning yuzi
qiblaga teskari bo‘lib qolganini so‘ramaysanmi?» degan ovozi eshitildi. «Nima uchun
teskari bo‘lib qolgan?» deb so‘ragan edim, «Chunki u namozga bee’tibor edi. Unga
o‘xshaganlarning jazosi shu», dedi. So‘ng boshqa qabrni kovladim. Qarasam, mayyit
to‘ng‘izga aylanib, bo‘ynidan kishanlangan, zanjirband qilingan ekan. Undan qo‘rqib,
endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning qanday amal qilganini, nima uchun
azoblanayotganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun?» deb so‘ragan edim, «U
tirikligida xamr ichar edi va tavba qilmay vafot etgan», dedi. Keyin boshqa qabrni
kavladim. Qarasam, mayyit olov qayish bilan yerga bog‘langan va tili gardanidan chiqib
turgan ekan. Undan qo‘rqib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim: «Uning nima uchun bu
ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» degan nido keldi. «U siydikdan saqlanmas va
odamlar orasida gap tashib chaqimchilik qilib yurar edi. Unga o‘xshaganlarning jazosi
shu», dedi. So‘ng yana bir qabrni kavladim. Qarasam, mayyit olovda kuyayotgan ekan.
Undan qo‘qib, endi chiqmoqchi bo‘lib turgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu
ahvolga tushganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun bu ahvolda?» deb so‘ragan
edim, «U namozni tark qilgan edi», dedi. Keyin yana bir qabrni kovladim. Qarasam, qabr
ko‘z ilg‘aydigan joygacha kengaygan, ko‘zni qamashtiradigan darajada yorug‘, mayyit
esa ajoyib liboslarda, nurli so‘rida uxlab yotar edi. Uning haybati bosib, endi chiqib
ketmoqchi bo‘lgan edim, kimdir: «Uning nima uchun bu qadar izzat-ikromga sazovor
bo‘lganini so‘ramaysanmi?» dedi. «Nima uchun izzat-ikromga sazovor bo‘ldi?» deb
so‘ragan edim, «U itoatli yigit bo‘lib, Alloh azza va jallaga itoat va ibodatda ulg‘aygan