Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
144
surasi, 77).
Vohidiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Mazkur oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga yer talashib kelgan ikki kishi xususida nozil bo‘lgan. Da’vogarlardan
biri qasam ichmoqchi bo‘lganida, Alloh bu oyatni nozil qilgan va u qasam ichishdan bosh
tortib, sherigining haqqi borligiga iqror bo‘lgan edi».
Ash’as roziyallohu anhu aytadilar: «Allohga qasamki, bu oyat men xususimda nozil
bo‘lgan. Bir yahudiy bilan oramizda yer bor edi. U mening yerimni o‘ziniki deb da’vo
qildi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga boshlab bordim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Daliling bormi?» deb so‘ragan edilar,
«Yo‘q», dedim. Yahudiyga: «Qasam ich», degan edilar, men: «Yo Rasululloh, u agar
qasam ichsa, mening molim ketadi-ku», dedim. Shunda Alloh azza va jalla: «Allohga
bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...» deb
boshlanuvchi oyatni nozil qildi» (Ahmad, Buxoriy, Muslim rivoyati).
Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilishgan hadisda: «Kimki musulmon kishining moli
xususida nohaq qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U zot undan darg‘azab bo‘ladi»,
deyilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib musulmon kishining
haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom qiladi»,
dedilar. «Yo Alloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning bir
novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh).
Hafs ibn Maysaraga: «Bu hadis naqadar shiddatli bo‘lmasa?!» deyishgan edi, u kishi:
«Alloh taoloning kitobida:
«Alloh bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina
Dostları ilə paylaş: