Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining yuzini – roziligini istab, U zotga



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/210
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#49587
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«Siz o‘zingizni ertayu kech Parvardigorining yuzini – roziligini istab, U zotga 
duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting! Ko‘zlaringiz hayoti dunyo 
ziynatlarini ko‘zlab, ulardan o‘tib (o‘zga ahli dunyolarga boqmasin)! Va Biz 
qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi-nafsiga ergashgan va 
qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang! Ayting: «(Bu Qur’on) 
Parvardigoringiz tomonidan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi iymon 
keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin» (Kahf surasi, 28–29). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqirlarni ulug‘lar, hurmat qilar edilar. U zot 
Madinaga hijrat qilganlarida, faqir sahobalari ham hijrat qildilar va masjid supasiga 
joylashib, dunyo tashvishlaridan uzildilar. Ularga «Ashobi-suffa» – supa egalari deb nom 
berishdi. Hijrat qilib kelgan faqirlar ular safiga qo‘shilar va ular kundan kunga ko‘payar 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
edilar. Ular Alloh o‘z do‘stlari – avliyolariga hozirlagan ehsonga guvoh bo‘ldilar, unga 
iymon nuri ila boqdilar va borliqdagi biron narsaga dillari ketmadi. Aksincha, ular: 
«Sengagina ibodat qilamiz, Sen uchun bo‘ysunib sajda qilamiz, Sening yordamingda 
rushdu hidoyatga erishamiz, Senga tavakkul etib suyanamiz, Sening zikring ila 
huzurlanib shod bo‘lamiz, Sening muhabbating maydonida sayru sayohat qilamiz, Sen 
uchun amal qilib, harakat etamiz va Sening eshigingdan hargiz ketmaymiz», dedilar. 
 
Faqirlik ikki xil – umumiy va xos bo‘ladi. 
 
Umumiy faqirlik – Alloh taologa muhtojlik bo‘lib, u barcha maxluqotlarning sifatidir. Bu 
Alloh taoloning: «Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar» (Fotir surasi, 15) 
oyati karimasining ma’nosidir. 
 
Xos faqirlik – Allohning do‘stlari va suyuklilarining sifati bo‘lib, u Alloh azza va jalla bilan 
mashg‘ul bo‘lganligi, Unga qattiq berilganligi, Uning zikri ila ulfat bo‘lganligi sababli qo‘l 
va dilning dunyoga ehtiyoji yo‘qligidir. 
 
Ey Allohim, bizni O‘zing suygan va rozi bo‘lgan amallarga muvaffaq ayla, bizni, ota-
onamizni va barcha musulmonlarni mag‘firat qil. 
 
 
O‘ttiz to‘rtinchi gunohi kabira 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin