www.ziyouz.com kutubxonasi
65
Solihlardan biri vafot etgandan so‘ng, bir kishi uni tushida ko‘rib: «Alloh sizga qanday
muomala qildi?» deb so‘ragan ekan, u kishi: «Yaxshi. Biroq, men birovdan qarzga igna
olib, qaytarmagan edim. Shu igna tufayli jannatga kirolmay turibman», deb javob
beribdi.
Ulamolar fatavolarida quyidagi so‘zlar bor: «Xoin, aldoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi
(sudxo‘r) va beruvchi, yetim molini yeyuvchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarzga biron
narsa olib, undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molining aybini
yashirib sotuvchi, qimorboz, sehrgar, munajjim, fohisha, dod solib yig‘lovchi,
sotuvchidan so‘ramay haqini olib qoluvchi dallol va hur-ozod odamni sotib pulini
yeyuvchi kimsalar ham boshqalarning haqini nohaq yeyuvchilar sirasiga kiradi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida ayrim kishilarni olib
kelishadi. Ularning Tuhoma tog‘icha keladigan yaxshiliklari bo‘ladi. Ular keltirilgach, Alloh
ularning yaxshiliklarini to‘zg‘igan g‘uborga aylantirib qo‘yadi-da, o‘zlari do‘zaxga
uloqtiriladi». «Yo Rasululloh, bunday bo‘lishining boisi nedur?» deya so‘rashgan edi:
«Ular namoz o‘qir, ro‘za tutar va haj qilar edilar. Biroq, ular biron-bir harom narsaga
duch kelsalar, uni olishar edi. Shu bois, Alloh ularning amallarini behuda qiladi», deb
javob berdilar» (Tabaroniy rivoyati).
Alloh taolodan afv, ofiyat va O‘zi suygan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq qilishini
tilaymiz. Albatta, U saxovatli, marhamatli, mehribon va rahmli zotdir.
Yigirma to‘qqizinchi gunohi kabira
Dostları ilə paylaş: |