Alloh taolo aytadi:
«Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq – harom yo‘llar bilan yemangiz!..» (Baqara surasi, 188).
Ya’ni, bir-biringizning molingizni – haqqingizni yemangiz.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Ya’ni, nohaq, yolg‘on qasam bilan kishi
birodarining molini o‘ziniki qilib olishdan qaytardi».
Birovning haqini yeyish ikki xil bo‘ladi: zulm orqali – tortib olish, xiyonat, o‘g‘rilik, hazil
va o‘yin orqali – qimor va boshqa bekorchi ermaklar kabi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ayrim kishilar Allohning moliga nohaq
sho‘ng‘iydilar. Qiyomat kunida ularga do‘zax bo‘lur» (Buxoriy rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Bir kishi uzoq safar qiladi, sochi
to‘zg‘ib, ust-boshi chang bo‘ladi. Qo‘llarini osmonga cho‘zib: «Ey Rabbim, ey Rabbim»,
deydi. Holbuki, yegani harom, ichgani harom, kiygani harom va haromdan oziqlangan.
Bas, uning duosi qanday ijobat bo‘lsin» (Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Albatta, Alloh o‘rtangizda rizqlaringizni taqsimlaganidek,
xulqlaringizni ham taqsimlagandir. Albatta, Alloh dunyoni yaxshi ko‘rgan va yaxshi
ko‘rmagan bandalariga beraveradi, dinni esa faqat yaxshi ko‘rgan bandasiga beradi.
Alloh kimga dinni ato etgan bo‘lsa, haqiqatda uni yaxshi ko‘ribdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan
Zotga qasamki, dili va tili musulmon bo‘lmaguncha hech bir banda musulmon bo‘lmaydi,
to qo‘shnisi «bavoiq»idan omonda bo‘lmagunicha iymonli bo‘lmaydi». «Bavoiq» nima?»
deya so‘rashgan edi, «Aldov va zulm», dedilar-da, davom etdilar: «Qaysi bir banda
haromdan mol topib uni sadaqa qilsa, qabul qilinmaydi, infoq-ehson qilsa, barakasi
bo‘lmaydi, o‘zidan keyin qoldirsa, do‘zax uchun hozirlagan ozuqasi bo‘ladi. Aniqki, Alloh
yomonlikni yomonlik bilan o‘chirmaydi, bil’aks, yomonlikni yaxshilik ila o‘chiradi.
Shubhasiz, nopok nopokni o‘chirmaydi» (Imom Ahmad va boshqalar rivoyati).
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Ey Ka’b ibn Ujra, nohaq – haromdan o‘sgan go‘sht (jasad) jannatga kirmaydi»
(Ibn Hibbon rivoyati).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning xiroj
to‘laydigan g‘ulomi – quli bor edi. Abu Bakr uning xirojidan tanovul qilar edilar. Bir kuni
u zot quli tomonidan olib kelingan taomni tanovul qila boshladilar. Fulom Abu Bakrdan
so‘radi: «Bu nimaligini bilasizmi?» «Yo‘q, u nima?» «Johiliyatda bir kishiga fol ochgan
edim. Folbinlik yaxshi bo‘lmagan, men uni aldagan edim. Haligi kishi yo‘liqib, o‘sha ishim