www.ziyouz.com kutubxonasi
69
qiyinchilik, faqirlikka mubtalo bo‘lishdi. Dushmanlarning ichiqoraligidan qo‘rqib, ayol
qizlarini olib, boshqa shaharga ravona bo‘ldi. Uning safari qattiq sovuqqa to‘g‘ri keldi.
Shaharga kirgach, qizlarini eski, kishilardan xoli masjidlardan biriga joylashtirib, ularga
yegulik istab yo‘lga tushdi va ikkita jamoat oldidan o‘tdi. Biri musulmon kishi jamoati
bo‘lib, u shahar oqsoqoli edi. Ikkinchisi majusiy kishi bo‘lib, u shahar noziri edi. Ayol
dastlab musulmon kishiga o‘z holini bayon qilib: «Men alaviy ayolman. Yetim qizlarim
bor. Ularni eski masjidlardan biriga joylashtirib, shu kechaga yegulik istab keluvdim»,
dedi. U kishi: «Oliyjanob alaviy ekaningga hujjat keltir», dedi. Ayol: «Men g‘arib
ayolman, bu shaharda hech kim meni tanimaydi», degan edi, haligi kishi undan yuz
o‘girdi. Uning huzuridan ayol qalbi o‘ksib uzoqlashdi va majusiy kishi huzuriga borib
holini bayon qildi. Yetim qizlari borligini, o‘zi oliynasab, g‘arib ayolligini va musulmon
kishi bilan o‘rtalarida kechgan suhbatni so‘zlab berdi. Majusiy borib, ayol bilan qizlarini
hovlisiga olib kelishga xotinini jo‘natdi. Kelishgach, ularga mazali taomlar va yaxshi-
yaxshi liboslar tortiq qildi. Ayol va qizlari majusiy xonadonida mo‘l-ko‘lchilik va ehtirom
ichra tunab qoldilar.
Tun yarim bo‘lgach, haligi musulmon kishi tushida qiyomat qoim bo‘lganini ko‘rdi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tepalariga alvon qadalgan edi. Shunda yashil
zumraddan bino qilingan, ayvonlari la’l va yoqutdan ishlangan, la’l va marjon qubbali
qasrga ko‘zi tushdi. «Yo Rasululloh, bu qasr kimga?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu
alayhi vasallam: «Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiga», deya javob berdilar. «Yo
Rasululloh, men Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiman», degan edi, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam unga javoban: «Alaviy ayol senga murojaat qilganda, unga:
«Alaviy ekaningga hujjat keltir», degan eding. Xuddi shunday, sen ham menga
musulmon bo‘lganing haqida hujjat keltir», dedilar. Kishi beva ayolni noumid
qaytarganidan mahzun bo‘lib uyg‘ondi va shaharni aylanib, uni surishtira boshladi. Ayol
majusiynikida ekani ma’lum bo‘lgach, majusiyni chaqirtirib keldi-da, unga: «Sendan
oliynasab alaviy ayol va qizlarini menikiga jo‘natishingni xohlayman», dedi. U: «Buning
sira iloji yo‘q, chunki ularning barakotidan men ko‘p narsalarga erishdim», dedi. «Ularni
menga topshir, evaziga ming dinor beraman», degan edi, «Topshirmayman», dedi.
«Ularni menga bermasang bo‘lmaydi», degan edi, u: «Sen xohlayotgan narsaga men
haqdorroqman. Tushingda ko‘rgan qasr men uchun yaratilgan. Meni Islomga da’vat
qilasanmi? Allohga qasamki, men va xonadon ahlim – barchamiz kecha kechqurun alaviy
ayol qo‘lida musulmon bo‘ldik. Uxlab, sen tushingda ko‘rgan narsani men ham ko‘rdim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Alaviy ayol va qizlari senkidami?» deb
so‘ragan edilar, «Ha, yo Rasululloh», dedim. «Qasr senga va xonadoning ahliga. Sen va
xonadoning ahli jannat ahlidandirsiz. Alloh seni o‘zi azalda mo‘min qilib yaratgan edi»,
dedilar», dedi. Musulmon kishi uyiga qaytdi. U qanchalar afsus-nadomat chekkani va
qayg‘uga botgani Allohga ayon.
Birodar, tul va yetimlarga qilingan yaxshilikning sharofati va barakotini ko‘rib qo‘ying.
Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bejizga: «Beva va yetimga yaxshilik
qilish yo‘lida harakat qiluvchi Alloh yo‘lida jihod qiluvchi kabidir», demaganlar
(Muttafaqun alayh).
Mazkur hadis roviyi shunday deydi: «Tolmaydigan qoim (namoz o‘quvchi) va iftor
qilmaydigan soim (ro‘zador) kabidir» ham dedilar, deb hisoblayman».
Beva va yetim yo‘lida harakat qiluvchi Alloh taolo roziligini istab, ularning og‘irini yengil