«U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin, deb shoshilib yeb qo‘ymanglar. (Yetimni o‘z qaramog‘iga olgan) kishi agar boy bo‘lsa, (etimning molidan) parhez qilsin, kambag‘al bo‘lsa, yaxshilik bilan (ya’ni, qilgan xizmatiga yarasha) olib yesin» (Niso surasi, 6).
Ulamolar: «Yaxshilikdan ortiqchasini yeyish harom bo‘ladi», deyishgan. Ibn Javziy o‘z
tafsirlarida yaxshilik bilan yeyish haqidagi to‘rt xil qarashni keltirganlar:
1. Qarz hisobida olish.
2. Isrof qilmasdan ehtiyojiga yarasha olib yeyish.
3. Yetim uchun qilgan xizmatiga yarasha olish.
4. Zarur bo‘lib qolganda olib, imkoni bo‘lganda qaytarish, agar imkoni bo‘lmasa
qaytarmay qo‘yaveradi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yetimni qaramog‘iga olgan odam men bilan
jannatda mana bundaymiz» dedilar-da, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qilib,
orasini sal ochib qo‘ydilar» (Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «O‘ziga qarindosh yoki begona bo‘lgan
yetimni qaramog‘iga oluvchi kishi, men bilan u jannatda mana bunday». So‘ng roviy –
Molik ibn Anas ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar (Muslim rivoyati).
Yetimni qaramog‘iga olish degani uni tarbiyalash, yedirib-ichirish, kiydirish va agar mol-
mulki bo‘lsa, uni ko‘paytirishdir. Bordi-yu, mol-mulki bo‘lmasa, unga Alloh taoloning
roziligini istab infoq-ehson qilinadi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda kim musulmonlar orasidagi
yetimni o‘z taomi va ichimligiga (ya’ni, o‘z qaramog‘iga) olsa, mabodo kechirilmaydigan
gunoh (ya’ni, shirk) qilmas ekan, Alloh uni jannatga, albatta, kiritadi» (Termiziy
rivoyati).