«Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak- shubhasiz, qorinlariga olovni yegan bo‘lurlar. Va, albatta, do‘zaxga kirajaklar!» (Niso surasi, 10).
Yetimlarning mollarini nohaq yeydigan kimsalar aslida olov yegan bo‘lib, qiyomat kuni
qorinlarida alangalanib turadi.
Suddiy rahmatullohi alayh aytganlar: «Yetim molini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsa
qiyomat kunida qayta tirilganida, olov alangasi uning og‘zi, burni, quloq va ko‘zlaridan
chiqib turadi. Uni ko‘rgan har bir odam u yetim molini yeganini darhol bilib oladi».