P-I sinfdagi zonaga gaz va bug`larning 61
0
C dan yuqori haroratda portlash ehtimoli bor
suyuqliklar saqlanadigan binolar kiradi.
P-II sinfdagi zonalarga - yonishga moyil chang va gazlar ajralib chiqadigan ishlab chiqarish
binolari kiradi;
P-IIa sinfidagi zona esa - qattiq va tolasimon yonuvchi materiallar ishla- tiladigan ishlab
chiqarish binolaridir;
P-III zonaga-qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan yoki saqlanadigan hamda bug`larining
portlash harorati 61°S dan yuqori bo`lgan suyuqliklar ishlatiladigan
yoki saqlanadigan ishlab
chiqarish binolari va maydonlari kiradi.
Bino va inshootlarning yong`inga chidamliligi va uni oshirish yo`llari. Yong`inga
chidamlilik deganda materiallar va konstruktsiyalarning yong`in sharoitida o` z
mustahkamligini saqlash xususiyati tushuniladi. Qurilish konstruktsiyalarining yong`in
ta`sirida o`z xususiyatini va mustahkamliligini yo`qotish vaqti yong`inga chidamlilik
chegarasi deyiladi. Barcha bino va inshootlar yong`inga chidamliligi bo`yicha 5 darajaga
bo`linadi: I darajali yong`inga chidamli binolarga barcha
konstruktsiyalari yonmaydigan,
yuqori yong`inga chidamlilik chegarasiga (0,5-2,5 soat) ega bo`lgan
binolar kiradi; II
darajali yong`inga chidamli binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan,
yuqori
chidamlilik chegarasiga (0,25-2,0 soat) ega binolar kiradi; III darajali yong`inga chidamli
bino va inshootlar yonmaydigan va qiyin yonuvchi
materiallardan tayyorlanadi; IV darajali
yong`inga chidamli binolarga barcha konstruktsiyalari qiyin yonuvchi materiallardan
tayyorlangan binolar kiradi; V darajadagi binolarga esa barcha konstruktsiyalari yonuvchi
materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.
Talab etilgan yong`inga chidamlilik darajasi bino va inshootlarning konstruktsiyasi,
vazifasi,
necha kavatliligi, texnologik jarayonlarni yong`inga xavfliligi va yong`inni
avtomatik o`chirish vositalarini mavjudligiga bog`liq holda belgilanadi.
Yog`och va boshqa yonuvchi konstruktsiyalarning yong`inga chidamlilik darajasi bir
necha yo`llar orqali oshirilishi mumkin, jumladan: 1 m
2
yuzadagi yog`och konstruktsiyaga
75 kg quruq tuzning suvdagi aralashmasini singdirish yoki 1 m
2
yog`ochga 50 kg quruq
tuzni issiq-sovuq vannalarda singdirish orqali; yong`indan
himoyalovchi tuzlarning
suvdagi aralashmasi bilan (100 gr quruq tuz 1 m
2
yuzaga) materiallarga yuza ishlov
berish; yong`indan himoyalovchi bo`yoqlar, suyuq shisha, tuproqli aralashma va boshqa
shu kabilar bilan yuza ishlov berish; tuproqli gips bilan shuvash, gips plitalar o`rnatish, asbest,
tsement materiallar qoplash. Koridorlar, yo`laklar, zinalar va II hamda IV yong`inga
chidamlililik darajasidagi yordamchi binolar sirtiga yong`indan
himoyalovchi qoplamalar
bilan ishlov berish taqiqlanadi. Yong`indan himoyalovchi qoplamalar atmosferaga chidamli,
namlikga chidamli va nam bo`lmagan muhitga chidamli bo`lishi mumkin. Atmosferaga
chidamli qoplamalarga perxlorvinil bo`yoqlar PXVO, ISX, XL; namlikka chidamli
qoplamalarga XD-SJ markali bo`yoqlar; nam emas muhitga
chidamli qoplamalarga XL-K
tipidagi, SK-L markali silikat bo`yoqlar, superfosfat va sho`rtuproqli surkamalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: