ishlash vaqti ko`pik karraligi 5 ga teng bo`lganda 60 sek ni tashkil etadi. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l,
zaryadlari ishqorli va kislotali kismdan iborat. Ishqorli qismi 450…460 gr bikorbanatnatriy va qizilmiya
ildizi ekstraktining
suvdagi aralashmasida, kislotali qismi-15 gr oltingugurt va 120 gr dan ortiq
oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o`t o`chirgichlarning korpusi
foydalanilgandan 1 yil o`tgach 2 MPa bosim ostida sinaladi (bir partiyadagi o`t o`chirgichlarning 25 %).
Ikki yildan keyin esa-50 %, uch yildan keyin esa 100 % o`to`chirgichlar sinovdan o`tkaziladi.
Sanoatda OVP-5, OVP-10 markali ko`lda olib yuriladigan o`t o`chirgichlari
:
OVP-100, OVPU-
25 markali yuqori karrali statsionar o`t o`chirgichlar ishlab chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1
ko`pik hosil qiluvchidan foydalaniladi.
Uglekislotali o`t o`chirgichlar
turli xil moddalar materiallar, elektr qurilmalaridagi yong`inni
o`chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki oksididan (SO
2
) foydalaniladi. Bunday o`t
o`chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, OU-80 va OU-400 markali o`t o`chirgichlar kiradi. Ular tortib
ko`rib tekshiriladi. Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo`lsa (mos holda, OU-2,
OU-5, OU-8 o`t o`chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi.
Uglekislotali - brometilli o`to`chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi. Ularning hajmi 3,2
va 7,4 l bo`lib, brometil va kislota aralashmasi bilan zaryadlanadi. Bu markadagi qo`lda olib
yuriladigan o`t o`chirgichlarini ta`sir etish vaqti-35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5 m ga tengdir.
Dostları ilə paylaş: