qurilmalarning texnik holati uchun javobgarlik esa ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlariga
yuklatiladi.
Korxonaning rahbari har yili buyruq bilan (fermer xo`jalik boshqaruvi qarori bilan) o`rim-
yig`im texnikalarini yong`inga qarshi tayyorlashda, yong`in-texnik bilimlarni mustahkamlash uchun
o`kishni tashkil etish va sinov qabul qilish, yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo`yicha
instruktajlar o`tkazish uchun javobgar shaxsni tayinlaydi.
Hamma xodimlar yong`in - texnik minimumi dasturi bo`yicha o`kitilgan va bu bo`yicha sinov
topshirgan bo`lishlari kerak. Yong`in-texnik minimumi sinov natijasi bo`yicha
baholash jadvali
to`lgaziladi.
Hosilni yigishtirish va oziqalarni tayyorlashga jalb qilingan barcha ishchi, xizmatchilarga
yong`in xavfsizligi tadbirlari haqida instruktaj o`tkaziladi. O`qish va instruktajdan o`tmagan
shaxslar bu ishlarga ko`yilmaydi.
Agar urilgan donni bir yo`la maxsus saqlanadigan joyga tashib ketish imkoniyati bo`lmasa
vaqtinchalik don xirmonlari galla maydonidan 100 m, bino va inshootlardan 50 m dan kam
bo`lmagan masofada joylashtirilishi zarur. Dala shiyponlari g`alla maydonlaridan, g`aram
maydonlaridan 100 m uzoqlikda joylashishi va atrofi 4 m dan kam bo`lmagan
kenglikda
shudgorlanishi kerak. Davlat yong`in nazorati inspektori fermer xo`jaligi bo`yicha ushbu masaladagi
mas`ul bilan hosilni o`rib-yigib olishda ishlatiladigan texnikalarni qarovdan o`tkazadi. Qarov vaqtida
texnikaning sozligi va har bir kombaynni ikkita o`t o`chirgich bilan, 2
2 m o`lchamdagi kigiz, ikkita
shvabra va ikkita belkurak bilan, traktorni o`t o`chirgich va belkurak bilan, avtomobillarni o`t
o`chirgichlar va bel kuraklar bilan ta`minlanganligi tekshiriladi.
Galla maydonida yong`in chiqqanda keng maydon bo`ylab tarqalishini oldini olish
maqsadida galla maydoni 50 ga dan ortiq bo`lmagan uchastkalarga bo`linib atroflaridan 8 m
kenglikda galla o`rib olinadi va gallasi o`rilgan joy 4 m kenglikda shudgorlab chiqiladi. Galla maydonini
temir yo`lga, o`rmonga, yo`llarga, yaqin uchastkalari esa 2 m kenglikda shudgor qilinadi.
O`rim-yig`im agregatlari yaqinida shudgorlovchi agregat bo`lishi zarur.
Dalada ish vaqtida
ochiq olovdan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Texnikalardan yonilg`i oqishini o`z vaqtida to`xtatish
chaqmoq va o`chirgichning sozligini doimiy kuzatish lozim. Har uch kunda dvigatelning chiqarish
quvurlari va chaqmoq o`chirgichlari qasmoqdan tozalanadi.
O`rim-yig`im vaqtida agregatda, galla maydonida va somon garamlari yaqinida chekish
taqiqlanadi. Chekish joyi garam va kombaynlardan 30 m uzoqlikda jihozlanadi. Bu joy atrofi
haydaladi va suvli bochka bilan ta`minlanadi.
Traktorlar va kombaynlar uchun vaqtinchalik to`xtash joyi qurilishdan, xirmondan va g`alla
maydonlaridan kamida 100 m uzoqlikda ajratiladi. Kombaynlarni tungi to`xtash joyida ular orasidagi
masofa 20 m dan kam bo`lmasligi kerak.
Somonni g`aramlash joylarida to`rtta o`t o`chirgich, ikkita suvli bochka, ikkita satil, to`rtta
belkurak, to`rtta shvabra suyanchiqsiz turadigan va narvon bo`lishi kerak. Somon garamlari
qurilishdan 50 m, temir yo`ldan 150 m, o`tish yo`llaridan 20 m va elektr
uzatish tarmoqlari sim
yog`ochlardan 15 m dan kam bo`lmagan masofada joylashtiriladi. Bitta g`aramning asosini maydoni
150 m
2
dan, presslangan somon yoki pichan bostirmalariniki esa 500 m
2
dan oshmasligi kerak.
G`aramlar yashindan himoyalagichlar bilan jihozlanadi. O`rimdan so`ng g`alla don xirmoniga, don
omborxonalariga tozalash uchun, namligi 16 % dan ortiq bo`lganlari esa don kuritkichlarga keltiriladi.
Don omborlariga yong`inga qarshi devor va yong`inga qarshi eshiklar o`rnatiladi.
Donni tozalovchi komplekslarda va don quritkichlarga xizmat ko`rsatishga 18 yoshdan
kichik bo`lmagan, engin texnik minimumi dasturi bo`yicha o`qitilgan va maxsus tayyorgarlikni
o`tagan va bunday agregatlarda ishlash huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo`lgan shaxslarga ruxsat
beriladi.
Don ombori va harakatlanuvchi quritish agregati orasidagi masofa 10 m dan kam bo`lmasligi
kerak. Donni harorati har ikki soatda nazorat qilinib turiladi.
Dostları ilə paylaş: