yonig`in kelib chiqadi.
Gorelkadagi alanga ustiga suyuqlik tushganda va shamol bo`lganda gaz chiqadi.
Kislorod yoki havo bilan hosil bo`lgan aralashmasiga yong`in chiqaruvchi vositalar chaqilsa portlaydi yong`in sodir bo`ladi.
Gaz balonini tabiiy gaz bilan ishlaydigan plitaga ulash, shuningdek ko`p qavatli uylarda gaz balonlarni ishlatilishi mumkin ema. NIMA QILISh KeRAK? Sodir bo`lgunga qadar:
Kundalik yashash faoliyatida foydalaniladigan tabiiy gazlardan foydalanishda gaz plitalarini ochiq qoldirmaslik kerak.
Tabiiy gazlarning to`liq yonmasligi oqibatida hosil bo`ladigan zaharli gazlarning salbiy ta`siri yuzaga kelishi mumkin.
Gaz asboblari nosozligini o`zingiz tuzatmang. Ishlatayotgan uskunangiz halokatli uchqun chiqarib yuborishi mumkin.
Ishlab turgan gaz asboblarini qarovsiz qoldirmang, ayniqsa ularga bolalarning qo`li etadigan bo`lmasligi lozim.
Gaz plitasini isitish uchun ishlatmang, chala yongan gaz inson organizmiga zaharli ta`sir qiliadi
Avariya bo`lgan taqdirda oila a`zolariga, bolalarga yonlarida kattalar bo`lmasa o`zlarini qanday tutish va nima kilish kerakligini tushuntirish.
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni o`rganish va barcha oila a`zolariga o`rgatish. AGAR SIZ GAZ HIDINI SeZIB QOLSANGIZ:
Yorituvchi hamda elektr asboblarini yoqmang va o`chirmang.
O`t yoqmang.
Tabiiy gaz keladigan kranni o`chirib qo`ying.
Bunday holatlarda QR Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Qutqaruv xizmati”