Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
–
Bir kishi bir yo bir necha kun ro’za tutishni niyat qilmasdan fosiqlik ila kunduz kun
taom yeb yursa, u kishi nima qilmog’i lozim?
– U kishi ro’za tutmay qolgan kunlari uchun qazo ro’za tutadi,
ushbu qilgan fisq ishiga
pushaymon bo’lib, tavba va istig’for qiladi. Ammo u kishiga kafforat lozim emas, chunki
uning gunohi g’oyatda zo’r va katta gunohdirki, kafforat
bilan avf qilinadigan emas, balki
tavba va istig’for lozimdir.
–
Bir kishi o’zining ro’za ekanini bilib turib xatolik bilan og’zidan biror taom ketsa yoki
suv ichib yuborsa yoki bir kishining zo’rlik bilan ro’zasini buzsa yoki ro’zador kishi og’zini
to’ldirib qayt qilsa yoki tong otmagan deb o’ylab taom yesa, holbuki, tong otgan bo’lsa
yoki quyosh botgan deb iftor qilsa, shu kishining ro’zasi buziladimi?
– Buziladi.
–
Endi u kishi nima qilishi kerak?
– O’sha kuni quyosh botguncha ro’za kishidek ro’zani buzadigan narsadan o’zini saqlashi
va ham ramazondan keyin o’sha kun uchun ro’za tutib berishi lozim. Ammo kafforat
lozim emas.
–
Ro’za tutgan kishining dimog’iga chang-g’ubor yoki tuproq, jun yoki tutunga o’xshash
narsalar kirsa, ro’zasi buziladimi?
–
Buzilmaydi, qazo ham, kafforat ham lozim emas.
–
Og’ziga qor yoki yomg’ir kirsa, ro’zasi buziladimi?
– Buziladi. Qazo qilish lozim bo’ladi, ammo kafforat lozim emas.
–
O’zining tupugini yutsa, nima bo’ladi?
– Ro’za buzilmaydi.
–
Bir ro’zador kishi o’zining ro’za ekanini esdan chiqarib biror taom yesa, suv ichsa,
jinsiy aloqa qilsa, ro’zasi buziladimi?
– Buzilmaydi, qazo ham, kafforat ham lozim emas.
–
Bir ro’zador kishi uyqudan junub bo’lib tursa, xotiniga qo’l tekkizib ehtilom qilsa,
ro’zasi buziladimi?
– Buzilmaydi.
–
U kishiga g’usl qilish durustmi?
– Suv ichiga tushib uzoq muddat o’tirmasdan va ham obdasta bilan g’usl qilish durust.
Ammo suv ichiga tushib uzoq muddat turishda ba’zi joylaridan suv kirib ro’za buzilishi
ehtimoli bor.
–
Ro’za tutgan kishi tish orasida qolgan taomni yesa, ro’zasi buziladimi?
– No’xatdan kichik bo’lsa, og’zidan tashqariga chiqarmay yutib yuborsa, ro’zasi
buzilmaydi, agar no’xot miqdoricha bo’lsa yoki og’zidan
chiqarib keyin yutsa, buziladi.
–
U kishi nima qilishi lozim?
– Ro’zasini qazo qilmog’i lozim bo’ladi, kafforat lozim emas.
–
Qazo va kafforat uchun tutiladigan ro’zalarga qay vaqt niyat qilish lozim bo’ladi?
– Kechasi niyat qilish lozim bo’ladi. Tong otgandan keyin niyat qilish mo’’tabar emas.
–
Hayz va nifosli ayollarga ro’za tutish lozimmi?
– Durust emas.
–
Bir ayol ramazon ichida hayzli yoki nifosli bo’lsa, nima qiladi?
– Hayzli va nifosli kunlarda ro’za tutmaydi. Necha kun ro’zasi qolgan bo’lsa, o’shancha
kun qazosini tutadi.
Dostları ilə paylaş: