Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
63
gunohlarimni avf qiluvchi Alloh! Sen endi mening avvalgi
gunohlarimni va oxirgi
gunohlarimni kechirgin va yorlaqagin».
Ro’zaning sunnat, makruh va mufsidlari
– Ro’za tutgan kishiga qanday ishlarni qilish sunnat?
– Saharlik qilish; subhdan ilgari ro’zaga
niyat qilish; ro’za bilan nafsni yomon niyatlardan
to’xtatishni qasd qilish; ro’za bo’lgan holda befoyda so’zlardan hamda ibosiz so’zlarni
gapirishdan va eshitishdan o’zini saqlash; kishi bilan urishmoqdan
va har bir gunoh
ishlardan o’zini tortish; mumkin qadar zikr va tasbeh ila va ham Qur’on o’qimoqqa
mashg’ul bo’lish; quyosh botgan vaqtda shom namozini o’qimasdan ilgari og’iz ochish
sunnatdir.
– Ro’za tutgan kishilarga qanday ishlar makruh hisoblanadi?
– Foydasiz so’zlarni so’zlash; ibosiz so’zlarni so’zlash; odamlar bilan yoqalashish;
hammomga tushish; suvga sho’ng’ish; taomni tatib ko’rish; o’tar ro’za, ya’ni
bir kun
kechgacha ro’za tutib og’iz ochmasdan ikkinchi kun ro’zasini davom ettirish kabi ishlar
makruh.
– Ro’za tutgan kishiga qanday ishlarni qilish durust bo’ladi?
– Sotib oladigan narsalarni til tekkizib tatib ko’rish, zarur bo’lganda taom chaynab
berish, ko’ziga
surma tortish, yuzini moylash, misvokdan foydalanish, qon oldirish,
zuluk
soldirish, obdasta bilan g’usl qilish, sovun bilan poklanish durust bo’ladi, makruh emas.
– Ro’zani qanday narsalar buzadi?
– Kunjut qadar bo’lsa ham,taom yeyish; bir qatra bo’lsa ham, suv ichish; er bilan
xotinning jinsiy aloqa qilishi ro’zani buzadi.
– Bir kishi o’zining ro’za ekanini bila turib ixtiyoriy ravishda ro’zani buzadigan ishlarni
birinchi marta qilsa, u kishi nima qilishi lozim?
– Ro’zasining qazosini tutishi va ham kafforat qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: