www.ziyouz.com kutubxonasi
127
Hasan Basriy (r.a.) so‘zlari nabiylarning so‘ziga o‘xshagan, hidoyatda sahobalarga eng
yaqin inson edilar. Bu haqdagi kalimalar bir-biriga ixtilof qilmaydi. U zotning ko‘p gaplari
qalb xavotiri, amallar fasodi, nafslar vasvasasi, noaniq-maxfiy sifatlar hamda shahvatlar
haqida edi. U kishiga: «Ey Abu Said! Siz shunday gaplarni so‘zlaysizki, biz uni sizdan
boshqasidan eshitmaymiz. Siz qaerdan olib gapirasiz?» deyishganda, «Huzayfa ibn
Yamondan», dedilar. So‘ng Huzayfa ibn Yamonga ham borib: «Siz shunday gaplarni
gapirasizki, biz uni boshqa sahobadan eshitmaymiz. Siz u gaplarni qaerdan olasiz?»
deyishdi. Shunda u zot: «Rasululloh meni shu xislat bilan xoslaganlar. Insonlar yaxshilik
to‘g‘risida so‘rashardi, men esa, yomonlikka tushib qolmaslik uchun u haqda so‘rar
edim. Bilardimki, yaxshilikning ilmi mendan o‘zib ketmas edi»,
182
dedilar.
Bir safar: «Kim yomonlikni anglamasa, yaxshilikni ham anglamaydi», deganlar.
Boshqa rivoyatda aytganlarki: «Odamlar: «Ey Rasululloh, bunday-bunday qilsa nima
bo‘ladi?» deb fazilatli amallar to‘g‘risida so‘rashar edi. Men esa: «Bunday-bunday qilsa,
nima fasod bo‘ladi?» deb so‘rar edim. Qachon u zotni ko‘rsam, yomonlik haqida
so‘raverganimdan, meni shu ilmga xoslab qo‘ydilar».
Bundan tashqari, Huzayfa ibn Yamon (r.a.) munofiqlarni biluvchi ilm bilan ham
xoslangan edilar. Fitnalarning nozik sabablarini, nifoq ilmini bilishda yagona edilar. Umar
ibn Xattob, Usmon ibn Affon va boshqa katta sahobalar ham umumiy va xususiy fitnalar
haqida u zotdan so‘rashar edi. Munofiqlar haqida so‘rashsa, ularning nechtasi qolgani
xabar berar, ammo ismlarini aytmas edilar. Umar (r.a.) o‘zlarida nifoqdan biror narsa
bor-yo‘qligini so‘raganlarida, Huzayfa (r.a.) u zotning bu illatdan pok ekanliklarini
aytganlar.
182. Hadisni tekshirib ko‘rish kerak.
Umar (r.a.) janoza namozi o‘qimoqchi bo‘lsalar, ortlariga qarar edilar. Agar Huzayfa
(r.a.) hozir bo‘lsalar, o‘qir edilar. Hozir bo‘lmasalar, o‘sha janozani tark qilardilar.
Shuning uchun Huzayfa ibn Yamon «Sir sohibi» deb nom olgan edilar.
Qalb o‘rinlari va holatlariga ahamiyat berish ham oxirat ulamolari alomatlaridandir.
Chunki qalb Allohning qurbatiga yetaklovchi narsa. Bu fan hozir g‘arib bo‘lib, siyqasi
chiqib ketdi. Agar olim mana shu narsalardan birortasiga ro‘baro‘ kelsa, ajablanib undan
uzoqlashadi. Va, bu zikr qiluvchilar bezagi, deydi. «Haqiqat qaerda?» deyilsa, ular, nozik
tortishuvlarda, deyishadi. Quyidagi she’rni kim aytgan bo‘lsa ham, rost aytgan:
Yo‘llar ko‘pdir, haq yo‘l esa yagonadir, Ana shu tanho yo‘lda soliklar ravonadir. Ularni tanishmaydi, maqsadin bilishmaydi, Soliklar maqsad sari tinimsiz odimlaydi. Ularning maqsadidan kishilar g‘aflatdadir, Odamlarning ko‘plari haq yo‘ldan g‘urbatdadir. Ko‘pincha kishilar yengil va tabiatlariga mos narsaga moyil bo‘lishadi. Chunki haqiqat
achchiqdir. Unda turish juda qiyin, idrok qilish murakkab, yo‘li esa, o‘nqir-cho‘nqirdir.
Xususan, qalb sifatlarini tanish va uni yomon xulqlardan tozalash masalasida.
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy