Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
55
va xusumat eshigini ochsa, sahobalar uni qattiq inkor qilardilar. 
Ilk tinglashdayoq zehnlar qabul qilishga oshiqadigan, Qur’oni karim qamrab olgan zohiriy 
dalillardan iborat bilim barcha uchun ma’lum bo‘lgan ilmdir. Vaholanki, Qur’onni bilish 
ilmning hammasini bilish demakdir. Tavhid, sahobalarning fikriga ko‘ra, ko‘pchilik 
kalomchilar tushunmaydigan boshqa ishdan iboratdir. Agar kalomchilar uni 
tushunganlarida edi, «tavhid» lafzi bilan o‘zlarini sifatlamagan bo‘lardilar. Tavhid 
ishlarning barchasini, sabab va vositalarga qaramagan holda, faqat Alloh taolodan deb 
bilishdir. Bas, neki yaxshi va neki yomon, faqat Allohdan. Bu narsa tavakkulni paydo 
qiladigan yuksak maqomdir. Uning bayoni hali «Tavakkul kitobi»da keladi. 
Hamma narsani Allohdan deb bilish yana maxluqqa shikoyat etmaslik, ularga g‘azab 
qilmaslik va Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lish kabi mevalarni beradi. Mana, uning bir 
mevasi: Abu Bakr (r.a.) kasal bo‘lganlarida, u kishiga: «Sizga tabib chaqiraylikmi?!» 
deyishdi. Shunda u zot: «Meni kasal qilgan tabibning o‘zi», deganlar; yoki u kishidan: 
«Tabib kasalligingiz haqida sizga nima deyapti?» deb so‘rashganida: «Tabib menga, 
istagan narsamni amalga oshiruvchiman, dedi», deb javob qilganlar. 
Tavakkul va tavhid kitoblarida bunga oid xabarlar keladi. 
Tavhid nafis javhar bo‘lib, uning ikki qobig‘i bor. Ularning bittasi ikkinchisiga qaraganda 
mag‘izdan uzoqroqdir. Odamlar esa, mazkur ismni qobiqqa va qobiqning himoyachilik 
san’atiga xoslashdi va asosiy mag‘izni unutib qoldirishdi. 
Sen tiling bilan «la ilaha illalloh» deyishing birinchi qobiqdir. Bu iqror nasroniylarning 
uchlik e’tiqodlariga zid bo‘lgan tavhid. Lekin u ichi tashiga teskari bo‘lgan munofiqda 
ham sodir bo‘ladi.
Ikkinchi qobiq esa, iqrorning mazmuniga qalbda inkor va muxolifat bo‘lmasligi, qalbning 
zohiri unga e’tiqod qilishi, shuningdek, uni tasdiqlashidir. Mana shu ish avom xalqning 
tavhidi bo‘ladi. Kalomchilar, yuqorida aytilganidek, ushbu qobiqni bid’atchilarning 
chalg‘itishlaridan qo‘riqlovchilardir. 
Uchinchisi esa mag‘izdir. Mag‘iz – sabablarga hech bir nazar qilmasdan, ishlarning 
barchasini Alloh taolodan deb bilish, Undan o‘zgaga ibodat qilmay, faqat Ungagina 
sig‘inishdir. Hoyu havasga ergashganlar ushbu tavhid doirasidan chiqadi. Chunki barcha 
hoyu havasga ergashuvchilar uni o‘zlariga ma’bud qilib olgandir. Alloh taolo:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin