Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur»



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur»
(Fotir surasi, 28-
oyat). 
Xushu’ga Allohning ushbu so‘zi dalildir:


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
126
«Allohga itoat qilib bosh eguvchi, Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib 
yubormaydigan zotlar ham bor»
(Oli Imron surasi, 199-oyat). 
Tavozu’ga misol:
«O‘zingizga ergashgan mo‘min bo‘lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting 
(Ya’ni, ularga xushxulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)»
(Shuaro surasi, 
215-oyat). 
Husni xulqga misol:
«(Ey Muhammad), Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga 
(sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz»
(Oli-imron surasi, 159-oyat). 
Zohidlikka misol:
«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini islom uchun keng qilib 
qo‘yar»
(An’om, 125-oyat). «Keng qilish nima?» deyilganda, quyidagilar aytildi: «Agar 
nur qalbga tashlansa, qalb kengayib kattalashadi». «Uning alomati qanday bo‘ladi?» 
deyilganda, Rasulullohning quyidagi so‘zlari misol qilindi: «G‘urur hovlisidan ajrab, 
abadiy hovliga qaytib, o‘lim kelishidan oldin unga tayyorgarlik ko‘rish».
181
181. Hokim va Bayhaqiylar rivoyati. Zahabiy bu hadisni zaif degan. 
Zohidlik deganda, amallar ilmini ko‘proq axtarib, uni fasod qiladigan, qalblarni 
tashvishga soladigan, vasvasa qo‘zg‘aydigan va yomonliklar olib keladigan narsalarni 
bilish tushuniladi. Dinning asli ham yomonliklardan saqlanishdir. Buni ushbu ma’nodagi 
she’rdan ham tushunish mumkin: 
Yomonlikni tanidim, undan saqlanish uchun, 
Yomonlikni tanidim unga tushmaslik uchun.
Yomonlikni tanigan undan uzoqda bo‘lgay,
Yomonlikni bilmagan tuzog‘iga ilingay.
Fe’liy amallar Allohga yaqin qiladi. Ularning eng oliyi qalb va til bilan Allohning zikrida 
bardavom bo‘lishdir. Fasod qiladigan, tashvish keltiradigan narsalarni bilish sha’ndir. 
Uning qismlari ko‘p va tarmoqlari uzundir. Uni bilishga ehtiyoji g‘olib keladi. (Ya’ni, uni 
o‘rganish zarur.) U narsalar oxirat yo‘lidagi sulukni balolashini umumlashtiradi. 
Dunyo olimlari esa, hukm va qozilikdagi g‘aroyib furu’lar va vaz’iy suratlardan bahs 
qilishadi. Holbuki, ular bahs qiladigan masalalar zamonga to‘g‘ri ham kelmaydi, voqe’ 
bo‘lishi ham dargumon. Voqe’ bo‘lsa ham, o‘zlari uchun emas, balki boshqalar uchun 
bo‘ladi. Ertayu kech xotiralarida, dillarida, amallarida yo‘liqadigan muhtoj narsani tark 
etishadi! O‘zi uchun muhim bo‘lgan narsani boshqaga bag‘ishlagan kishidan ko‘ra 
saodatlikdan yiroq kishi bormi? Undaylar Allohga yaqin bo‘lish o‘rniga xaloyiqqa yaqin 
bo‘lishni afzal ko‘rishadi, dunyo bolalari orasida fozil tadqiqotchi, nozik ilmlar olimi deb 
nomlanishni havas qilishadi. Ammo ularni Alloh taolo shu odamlarning hurmatlaridan 
foydalantirmay jazolaydi. Qiyomatdagi jazosi esa, muqarrab bandalarning, ilmiga amal 
qilganlarning obro‘larini ko‘rib, xasrat va inqiroz holga tushish bo‘ladi.


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin