Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
127
Hasan Basriy (r.a.) so‘zlari nabiylarning so‘ziga o‘xshagan, hidoyatda sahobalarga eng 
yaqin inson edilar. Bu haqdagi kalimalar bir-biriga ixtilof qilmaydi. U zotning ko‘p gaplari 
qalb xavotiri, amallar fasodi, nafslar vasvasasi, noaniq-maxfiy sifatlar hamda shahvatlar 
haqida edi. U kishiga: «Ey Abu Said! Siz shunday gaplarni so‘zlaysizki, biz uni sizdan 
boshqasidan eshitmaymiz. Siz qaerdan olib gapirasiz?» deyishganda, «Huzayfa ibn 
Yamondan», dedilar. So‘ng Huzayfa ibn Yamonga ham borib: «Siz shunday gaplarni 
gapirasizki, biz uni boshqa sahobadan eshitmaymiz. Siz u gaplarni qaerdan olasiz?» 
deyishdi. Shunda u zot: «Rasululloh meni shu xislat bilan xoslaganlar. Insonlar yaxshilik 
to‘g‘risida so‘rashardi, men esa, yomonlikka tushib qolmaslik uchun u haqda so‘rar 
edim. Bilardimki, yaxshilikning ilmi mendan o‘zib ketmas edi»,
182
dedilar. 
Bir safar: «Kim yomonlikni anglamasa, yaxshilikni ham anglamaydi», deganlar.
Boshqa rivoyatda aytganlarki: «Odamlar: «Ey Rasululloh, bunday-bunday qilsa nima 
bo‘ladi?» deb fazilatli amallar to‘g‘risida so‘rashar edi. Men esa: «Bunday-bunday qilsa, 
nima fasod bo‘ladi?» deb so‘rar edim. Qachon u zotni ko‘rsam, yomonlik haqida 
so‘raverganimdan, meni shu ilmga xoslab qo‘ydilar». 
Bundan tashqari, Huzayfa ibn Yamon (r.a.) munofiqlarni biluvchi ilm bilan ham 
xoslangan edilar. Fitnalarning nozik sabablarini, nifoq ilmini bilishda yagona edilar. Umar 
ibn Xattob, Usmon ibn Affon va boshqa katta sahobalar ham umumiy va xususiy fitnalar 
haqida u zotdan so‘rashar edi. Munofiqlar haqida so‘rashsa, ularning nechtasi qolgani 
xabar berar, ammo ismlarini aytmas edilar. Umar (r.a.) o‘zlarida nifoqdan biror narsa 
bor-yo‘qligini so‘raganlarida, Huzayfa (r.a.) u zotning bu illatdan pok ekanliklarini 
aytganlar. 
182. Hadisni tekshirib ko‘rish kerak. 
Umar (r.a.) janoza namozi o‘qimoqchi bo‘lsalar, ortlariga qarar edilar. Agar Huzayfa 
(r.a.) hozir bo‘lsalar, o‘qir edilar. Hozir bo‘lmasalar, o‘sha janozani tark qilardilar. 
Shuning uchun Huzayfa ibn Yamon «Sir sohibi» deb nom olgan edilar. 
Qalb o‘rinlari va holatlariga ahamiyat berish
ham oxirat ulamolari alomatlaridandir. 
Chunki qalb Allohning qurbatiga yetaklovchi narsa. Bu fan hozir g‘arib bo‘lib, siyqasi 
chiqib ketdi. Agar olim mana shu narsalardan birortasiga ro‘baro‘ kelsa, ajablanib undan 
uzoqlashadi. Va, bu zikr qiluvchilar bezagi, deydi. «Haqiqat qaerda?» deyilsa, ular, nozik 
tortishuvlarda, deyishadi. Quyidagi she’rni kim aytgan bo‘lsa ham, rost aytgan: 
Yo‘llar ko‘pdir, haq yo‘l esa yagonadir, 
Ana shu tanho yo‘lda soliklar ravonadir. 
Ularni tanishmaydi, maqsadin bilishmaydi
Soliklar maqsad sari tinimsiz odimlaydi. 
Ularning maqsadidan kishilar g‘aflatdadir, 
Odamlarning ko‘plari haq yo‘ldan g‘urbatdadir.
Ko‘pincha kishilar yengil va tabiatlariga mos narsaga moyil bo‘lishadi. Chunki haqiqat 
achchiqdir. Unda turish juda qiyin, idrok qilish murakkab, yo‘li esa, o‘nqir-cho‘nqirdir. 
Xususan, qalb sifatlarini tanish va uni yomon xulqlardan tozalash masalasida. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin