Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
xursand bo‘lmaymiz. Ayblarni yo‘qotishga harakat ham qilmaymiz, balki nasihatgo‘yning 
so‘zini o‘ziga qaytarish bilan mashg‘ul bo‘lamiz. Unga o‘zing ham falon, falon ishlarni 
qilasan-ku, deymiz. U bilan o‘rtamizdagi adovat uning nasihatlaridan foydalanishdan 
bizni to‘sib qo‘yadi. Bular gunohlarning ko‘pligidan hosil bo‘lgan qalb qoraligi sabablidir. 
Bular hammasining asli iymonning zaifligidandir.
Alloh azza va jalladan bizni to‘g‘ri yo‘lga ilhomlantirishini, ayblarimizni ko‘rsatib 
qo‘yishini, ayblarimizni davolash bilan mashg‘ul qilib qo‘yishini, kamchiliklarimizdan 
xabardor qiladigan kishilarga tashakkur aytishga muvaffaq qilishini O’zining fazli va 
ehsoni bilan so‘raymiz. 
Uchinchisi - o‘z ayblarini dushmanlari tilidan bilib olish. Chunki g‘azab ko‘zi (ya’ni, 
dushmanning g‘azablangan vaqtdagi qarashi) kamchiliklarni oshkor qilib yuboradi. 
Ehtimol, insonning ayblarini zikr qiluvchi, ginachi dushmanidan foyda ko‘rishi doim uni 
maqtaydigan va ayblarini berkitadigan, tilyog‘lamachi do‘stidan foydalanishidan 
ko‘proqdir. Lekin inson tabiati dushmanning so‘zini yolg‘onga chiqaradigan va u 
gapirayotgan so‘zni hasadgo‘ylikka yo‘yadigan qilib yaratilgan. Ammo ko‘zi ochiq inson 
dushmanining so‘zidan foydalanib qolishdan voz kechmaydi, chunki uning kamchiligi 
dushmanlarining tillari bilan ochilishida shak yo‘q. 
To‘rtinchisi - insonlarga qo‘shilib yurish. Xalq o‘rtasida yomonlangan har bir narsani o‘z 
nafsidan axtarsin va uni ana shu yomonlikka nisbat bersin. Chunki mo‘min mo‘minning 
oynasidir. Boshqa kishining aybi orqali o‘z aybini ko‘rib oladi. Tabiatlar havoyi nafsga 
ergashishda bir-biriga yaqinligini ham biladi. Tengdoshlardan biri nima bilan sifatlansa, 
ikkinchisi ham shu sifatning aslidan yoki undan ham kattaroqdan yo o‘sha sifatning biror 
narsasidan ham xoli bo‘lmaydi. O’z nafsini tekshirsin va uni boshqalar yomonlaydigan 
narsalardan poklasin. Mana shularning o‘zi sizga odob berishga kifoya qiladi. Agar 
insonlarning har biri boshqalarda yomon ko‘radigan narsalarini tark qilganlarida edi, ular 
odob beruvchilardan behojat bo‘lishardi. 
Iso alayhissalomga «Sizga kim odob-axloqni o‘rgatgan?» deyishdi. Shunda u kishi: 
«Menga odobni hech kim o‘rgatgan emas, (balki) nodon kishining nodonligini ayb deb 
ko‘rdim, undan saqlandim», dedilar. Bularning hammasi taqvodor, ziyrak, nafsning 
ayblarini ko‘ruvchi, dinda nasihatgo‘y, o‘z nafsini poklab bo‘lgan, Alloh taoloning 
ibodatgo‘y bandalarini poklash bilan mashg‘ul bo‘lib, ular uchun nasihatgo‘y bir shayx 
topa olmagan kishilarga aytilgan yo‘ldir. Ammo kim o‘ziga mana shunday shayxni 
topgan bo‘lsa, u o‘ziga bir tabib topibdi. Uni mahkam ushlasin va shu tabib kasalidan 
xalos qiladi. Yaqiniga kelib qolgan halokatdan qutqaradi. 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin