www.ziyouz.com kutubxonasi
96
ko‘ra sarflash afzal bo‘lib ko‘rinmaydi. Shunday har bir qalb Alloh taologa, ayniqsa, shu
maqom (ya’ni, isrofgarchilik va baxillik)dan salomat holda boradi. Unda dunyoga
taalluqli biror narsa bilan aloqa bo‘lmasligi uchun nafs dunyoga iltifot qilmasdan va
sabablariga oshiqmasdan, balki u bilan aloqalarni uzganini bildirmagunicha boshqa
yomon xulqlardan saqlanish vojib bo‘ladi. Shunda xotirjam nafsning qaytishiga o‘xshab
rozi bo‘lgan va undan ham rozi bo‘lingan holda payg‘ambarlardan, siddiqlardan,
shahidlardan va solihlardan iborat Alloh taoloning muqarrab bandalari qatorida Robbiga
qaytadi. O’shalar (muqarrab bandalar) qanday yaxshi hamrohdirlar.
Ikki tarafning o‘rtasidagi haqiqiy mo‘‘tadillik g‘oyatda xufyona, soch tolasidan ham
ingichkaroq va qilichdan ham o‘tkirroq bo‘lar ekan, demak, qay bir kishi dunyoda mana
shu to‘g‘ri yo‘lda yursa, oxiratda ham shunga o‘xshash yo‘ldan o‘tishida shak-shubha
yo‘q. Banda ikki tomonning biriga moyil bo‘lib, o‘rta yo‘ldan boshqa tomonga burilib
ketsa, uning qalbi moyil bo‘lgan tomoniga taalluqli bo‘lib qoladi. Shuning uchun bir bor
azoblanishdan va do‘zax ustidan, garchi chaqmoqdek bo‘lsa ham, o‘tishdan
qutulolmaydi. Alloh taolo aytadi:
«Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringizga (ya’ni, U Zotning amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ngra taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz» (Maryam surasi, 71-oyat).
Ya’ni, ularning to‘g‘ri yo‘lga yaqinliklari uzoqliklaridan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan taqvodor
zotlari najot topadi. To‘g‘ri bo‘lish qiyinligi sababli har bir bandaga har kuni o‘n yetti
marta «Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin», deb duo qilmog‘i vojib bo‘ladi. Zero,
namozning har bir rakatida Fotiha surasini o‘qish vojibdir.
Rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushida ko‘rib, u
kishiga «Ey Rasululloh, Hud (surasi) sochimni oqartirdi, dedingiz. Nima uchun bunday
degansiz?» dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Alloh taoloning