Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
dengizga uloqtirish bilan o‘zlarini mol-dunyo muhabbati xastaligidan davolaganlar. Zero, 
saxiylik balandparvozligidan, sarflash riyosidan qo‘rqib, uni insonlarga tarqatishmagan. 
Mana shu misollar sizga qalbni davolash yo‘llarini o‘rgatadi. Maqsadimiz har bir 
kasallikning davosini zikr qilish emas, chunki bular keyingi kitoblarda keladi. Albatta 
hozirgi maqsadimiz bunda mutloq yo‘l - nafs xohlaydigan va unga moyil bo‘ladigan har 
bir narsaga zid yo‘lda yurish ekanini bildirishdir. Alloh taolo bularning hammasini 
O’zining aziz kitobida bitta kalimada jamlab qo‘ygan: 
«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) 
Parvardigorining (huzurida) turishi (va U Zotga hisob-kitob berishi)dan 
qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat 
jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-oyat). 
Bu harakat va urinishdagi asl muhim narsa qasd etilgan narsaga vafo qilishdir. Agar 
shahvatni tark etishga qasd qilinsa, shahvatga olib boradigan yo‘llar yengillashib qoladi. 
Bu esa Alloh taolodan bo‘lgan imtihon va sinovdir. Endi sabr qilmog‘i va qasdida doimiy 
bo‘lmog‘i lozim. Chunki u nafsini qasdni tark qilishga odatlantirsa, nafsi shunga o‘rganib 
qoladi va buziladi. Agar unga qasdni buzish to‘g‘ri kelib qolsa, nafsiga bir jazo tayinlashi 
lozim. Buni «Muhosaba va muroqaba kitobi»ning nafsni jazolash to‘g‘risidagi bobida zikr 
qilganmiz. Agar nafsni bir jazo bilan qo‘rqitmasa, nafs unga ustun keladi va nazdida 
shahvatga binoan ish qilishi chiroyli ko‘rinadi. Shu sababli riyozat butkul fasod bo‘ladi. 
Qalblarning kasallik belgilari va uni sog‘liqqa qaytarish alomatlari bayoni 
Bilingki, albatta badanning har bir a’zosi maxsus bir xizmat uchun yaratilgan. Uning 
kasalligi o‘ziga xoslangan ishni qilishda uzrli bo‘lib qolishidir. Hatto o‘sha ishni mutlaqo 
qila olmay qoladi yoki bir nav qiynalish bilan bajaradi. Endi qo‘l kasalligi unga ushlashni 
qiyinlashtiradi. Ko‘z kasalligi ko‘rishning qiyin bo‘lishidir. Shuningdek, qalbning kasalligi 
ham o‘ziga xoslangan, qalb nima uchun yaratilgan bo‘lsa, o‘sha ishni bajarishga 
imkonsiz qolishidir. Bu ishlar ilm, hikmat, ma’rifat, Alloh taoloni sevish, Unga ibodat 
qilish, Uni eslash bilan lazzatlanish hamda bularni boshqa har qanday shahvatdan ustun 
qo‘yish, jamiki shahvat va a’zolardan bu ishda yordam so‘rashdan iborat. Alloh taolo 
aytadi: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin