Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
azizligi va kibri singunicha shu holda davom etishga majburlaydi. Chunki kibr halok 
qiluvchi kasalliklardandir. Balandparvozlik ham shunga o‘xshashdir. Agar unda badan va 
kiyimidagi pokizalik g‘olib kelganini, qalbining shunga moyilligini va shunga burilib, u 
bilan xursandligini ko‘rsa, uni tozalik to‘g‘risidagi balandparvozligi yo‘q bo‘lguncha 
hojatxonaga qarab turishga, uni tozalashga, iflos joylarni supurishga, oshxona va tutunli 
joylarda xizmat qildiradi. Chunki kiyimlarini o‘ta pokiza tutib, uni ziynatlab yuradigan, 
doim pokiza kiyimlarni va rang-barang gilamlarni talab qiladigan kishilar bilan kun bo‘yi 
o‘zini ziynatlab yuradigan kelinchakning o‘rtasida farq yo‘q. 
Insonning o‘z nafsiga ibodat qilishi yoki butga ibodat qilishi o‘rtasida ham farq yo‘qdir. 
Inson qachon Allohdan boshqaga ibodat qiladigan bo‘lsa, u Allohdan to‘sib qo‘yiladi. Kim 
kiyimi halol va pok bo‘lishidan tashqari qalbi unga burilib qoladigan darajada e’tibor 
bersa, u nafsi bilan mashg‘ul kishidir. 
Yana riyozatning ajoyibotlaridan quyidagilar bor: agar murid balandparvozlik yoki 
boshqa sifatlarni tark qilishga boshdanoq himmat ko‘rsatmasa yoxud u sifatlarning 
ziddini qilishga daf’atan bo‘ysunolmasa, uni yomon xulqdan boshqa yengilroq bir yomon 
xulqqa ko‘chirish kerak. Bu agar qonni suv ketkizolmasa, siydik bilan yuvib, so‘ngra 
siydik suv bilan yuvilganga o‘xshaydi. Go‘dak bola maktabda avval to‘p, to‘qmoq va 
shunga o‘xshash narsalar bilan o‘ynashga qiziqtiriladi. So‘ngra u o‘yindan ziynatlanishga, 
ko‘rkam kiyimlar kiyishga ko‘chiriladi. So‘ngra shunday qiziqtirish bilan rahbarlikka va 
obro‘ talabiga ko‘chiriladi. Keyin obro‘dan u oxiratga qiziqtirishga ko‘chiriladi. 
Shuningdek, kimning nafsi obro‘sini tark qilishga birdaniga bo‘ysunmasa, u o‘zining 
obro‘sidan pastroq bir obro‘ga ko‘chiriladi. 
Boshqa sifatlar ham shunga o‘xshashdir. Agar shayx muridiga taomga ochko‘zlik kuchli 
ekanini ko‘rsa, unga ro‘za tutish, ovqatni ozaytirishni shart qilib qo‘yadi. So‘ngra unga 
shirin taomlar tayyorlashni, uni boshqalarga berib, o‘zi undan yemasligini buyuradi. 
Hatto u ana shu yo‘l bilan nafsiga kuchi yetadigan bo‘ladi, sabrni odat qilib, ochko‘zligini 
sindiradi. Xuddi shuningdek, qo‘li kalta muridning uylanishga juda qiziqayotganini bilsa, 
unga ro‘za tutishni buyuradi.
Ba’zan ro‘za tutish bilan ham uning shahvati susaymaydi. Uni bir kecha nonsiz, suvning 
o‘ziga iftor qilishga, bir kecha esa suvsiz, nonning o‘ziga iftor qilishga buyuradi. Nafsi xor 
bo‘lib, shahvati singuncha go‘sht bilan nonxurushni butkul man qiladi. Xohish-irodaning 
boshlanish vaqtida ochlikdan ko‘ra foydaliroq davo bo‘lmaydi. Agar g‘azab g‘olib 
bo‘lganini ko‘rsa, unga halimlikni va sukut saqlashni buyuradi hamda unga xulqi yomon 
kishilarni sherik qilib, unga ularni hukmron qilib qo‘yadi. Uning nafsini ulardan 
yetayotgan yomonlikka chidashga o‘rgatguncha yomon xulqli kishilarga xizmat qilishni 
buyuradi. Ba’zilardan hikoya qilinishicha, ular nafsiga halimlikni odatlantirar, o‘zidan 
qattiq g‘azablanishni ketkazardi. Hatto odamlar to‘planib turadigan joylarda o‘zini 
so‘ktirish uchun kishilarni ishga solardi. Bundaylar nafsini shunga chidashga majbur 
qilardi. G’azablarini esa yutib yuborardi. Hatto halimlik bu kishilarga zarbulmasal 
darajasida odatga aylanib qolardi. Ba’zilari esa o‘zlarida qo‘rqoqlik va zaif qalblilikni 
sezib, shijoat xulqini hosil qilishni istasa, qish faslida to‘lqinlar mavj urib turgan paytda 
dengizga chiqardi. Hind ibodatgo‘ylari dangasaliklarini tun bo‘yi bir ustunning ustida 
turib chiqish bilan davolaydilar. Ba’zi shayxlar dastlab kechasi qoyim bo‘lishdan 
dangasalik qilishardi. So‘ngra oyoqlarida ixtiyoriy qoyim bo‘lish uchun o‘zlarini tun bo‘yi 
boshlarida turishga majburlashardi. Ba’zilari esa mollarining hammasini sotib yuborish


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin