Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. (Ya’ni, Jabroil



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. (Ya’ni, Jabroil 
farishtaning suratini ko‘rib, Payg‘ambarning ko‘ngli ham qanoatlandi va uning 
Alloh taolo tomonidan yuborilgan farishta ekanligiga iymon keltirdi)» (Van-najm 
surasi, 11-oyat). 
Bu oyatda Alloh taolo qalbning idrok etishini ko‘rish, deb nomladi va quyidagi oyat ham 
shunga o‘xshashdir: 
«Shunday qilib Biz Ibrohimga (o‘zi uchun hujjat qilib olishi) va aniq 
ishonuvchilardan bo‘lib qolishi uchun osmonlar va Yer mamlakatlarini 
ko‘rsaturmiz» (An’om surasi, 75-oyat). 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Alloh taolo bu oyatda iroda qilgan narsa zohiriy (ya’ni, qalb ko‘zi bilan ochiq) ko‘rishdir. 
Bu ne’mat qilib berish o‘rnida zikr qilinadigan Ibrohim alayhissalomgagina maxsus narsa 
emas. Shuning uchun Alloh taolo bu ko‘rish, ya’ni botiniy ko‘rishning ziddini ko‘rlik, deb 
nomladi. Alloh taolo aytadi: 
«Axir ular (ya’ni, Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi? 
(Ana o‘shanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar bo‘lur edi. Zero, 
ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklardagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur» (Haj surasi, 46-
oyat). 
 «Kimki bu dunyoda ko‘r - gumroh ekan, bas, u oxiratda ham ko‘r va butunlay 
yo‘ldan ozguvchidir» (Al-Isro surasi, 72-oyat). 
Bular aqliy ilmlarning bayonidir. 
Diniy ilmlar esa ergashish yo‘li bilan payg‘ambarlardan olingan ilmlardir. Bu ilmlar Alloh 
taoloning kitobini va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini o‘rganish va 
ularni eshitib, ta’lim olgandan keyin ma’nolarini fahmlash bilan hosil bo‘ladi. Qalb 
sifatlarining kamolga yetmog‘i va uni har xil kasalliklardan salomat bo‘lmog‘i ham mana 
shu diniy ilmlar bilandir. Qalb ularga muhtoj bo‘lib tursa-da, aqliy ilmlarning o‘zi uning 
salomat bo‘lishiga yetarli emas. Go‘yo aql badanning sog‘lom bo‘lish holatini muntazam 
tutib turishga yetarli bo‘lmay, tabiblardan ta’lim olishga, dorilarni va maxsus davolarni 
bilishga muhtoj bo‘lganidek, aqlning o‘zi ham bu narsalarga yo‘l topolmaydi. Lekin bu 
ta’limlarni eshitgandan keyin ularni aqlsiz tushunish ham mumkin emas. Demak, aqlning 
o‘zi bilan eshitishdan ham behojat bo‘linmaydi, eshitishning o‘zi bilan aqldan ham 
behojat bo‘linmaydi. Aqlni chekkaga surib, taqlidningo‘ziga chaqiruvchi kishi nodon 
hisoblanadi. Qur’on va sunnat nurlaridan bebahra bo‘lib, aqlning o‘zi bilan kifoyalangan 
kishi esa aqliga g‘ururlangan (ya’ni, aldangan) hisoblanadi. Siz mana shu ikki firqaning 
birortasidan bo‘lib qolmoqdan saqlanib, ikki asl narsani (ya’ni, aql va Qur’on bilan sunnat 
ta’limotini) jamlab yuruvchi kishilardan bo‘ling. Chunki aqliy ilmlar ozuqaga va shar’iy 
ilmlar dorilarga o‘xshaydi. Kasal kishi ba’zan dori bo‘lmagan holatlarda ozuqa bilan 
zararlanadigan vaqt ham bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, qalb kasalliklarini davolash ham faqat shariatdan istifoda qilingan 
dorilar bilangina mumkin bo‘ladi. Shariatdan istifoda qilingan dorilar esa Payg‘ambar 
sollallohu alayhi vasallam qalblarni davolash uchun tuzib bergan ibodat vazifalari va 
amallardir. Qaysi bir inson xasta qalbini shar’iy ibodat muolajasi bilan davolamasdan 
aqliy ilmlar bilan kifoyalanadigan bo‘lsa, go‘yo badani kasal kishi ozuqalar bilan 
zararlanganidek, u ham zararlanadi. Aqliy ilmlar shar’iy ilmlarga zid keladigan narsa
ikkisining o‘rtasini jamlash mumkin emas, deb o‘ylaydigan kishilar gumoni qalb ko‘zining 
ko‘rligidan sodir bo‘ladi, bunday gumonsirashdan Allohdan panoh so‘raymiz. 
Bu gaplarni aytuvchi kishining nazarida ba’zi shar’iy ilmlar ba’zisiga zid kelib qoladi. 
Natijada ikkisining o‘rtasini jamlashga ojizlik qilib gumon qiladi, albatta dinda bir-biriga 
ziddiyatlik bor, deb o‘ylaydi-da, hayratda qoladi. Bunday kishilar xamirdan qil 
sug‘urilganday dindan chiqib ketadi. Unga bunday xayollar kelishiga sabab shuki, uning 
nafsidagi ojizligi dindagi ziddiyat bo‘lib tuyuladi. Bu juda noto‘g‘ri o‘ylashdir. Albatta 
uning misoli bir qavmning hovlisiga kirgan ko‘r kishiga o‘xshaydi, u hovlining ba’zi 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin