www.ziyouz.com kutubxonasi
28
bordir:
«Biron odam uchun Alloh unga so‘zlashi joiz emas, magar vahiy-ilhom orqali yo biron parda-to‘siq ortidan yoki biron elchi-farishta yuborib, o‘sha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan U xohlagan narsani vahiy qilishi orqali (so‘zlar)» (Sho‘ro surasi, 51-oyat).
Agar bularni yaxshi bilsangiz, tasavvuf ahllarining ta’lim olishsiz hosil bo‘ladigan ilohiy
ilmlarga moyil ekanliklarini ham bilib oling. Shuning uchun ham ular ilm darsiga,
musanniflar yozgan kitoblarni o‘qishga, har xil gaplar haqida va zikr qilingan dalillar
haqida bahs yuritishga qiziqmaydilar. Balki (yomonlikka boshlovchi nafsga) qarshi
kurashish, yomon sifatlarni qalbdan o‘chirish, (bu yomon sifatlarning hammasidan)
butkul uzilish, chuqur himmat bilan Alloh taologa yuzlanish kabi ishlarga oshiqadilar.
Agar bandada shu narsalar hosil bo‘lsa, Alloh uning qalbini boshqarish va ilm nurlari
bilan nurlantirishga kafil bo‘ladi. Agar qalb ishini Alloh taolo boshqarsa, unga rahmat
oqib keladi va qalbda nur yorishadi. U kengayib malakut siri unga kashf bo‘ladi. Rahmat
lutfi bilan qalb yuzidan g‘aflat pardasi sidirib olinadi. Qalbda ilohiy ishlarning haqiqati
porlaydi. Banda faqat qalbni soflashning o‘zi bilan, chinakam iroda va himmat ko‘rsatish
bilan, o‘ta tashnalik va Alloh taolo ochib qo‘ygan rahmatini hamisha intizor kutib turish
bilan tayyorgarlik ko‘rmog‘i lozim bo‘ladi. Payg‘ambar va avliyolar uchun ishlarning
haqiqati kashf bo‘lishi, ularning qalblariga nur quyilishi ta’lim olish, dars qilish va kitob
o‘qish bilan hosil bo‘lmagan. Balki dunyoda zohid bo‘lganlari tufayli, dunyo aloqalaridan
ajrab, qalblarini dunyo mashg‘ulotlaridan bo‘shatish va chuqur himmat qilib Alloh
taologa yuzlanishlari bilan hosil bo‘lgan. Kim Alloh uchun bo‘lsa, Alloh uning uchun
bo‘ladi. Ahli tasavvuf o‘ylaydiki, bu xususda avval qilinadigan ish dunyo aloqalaridan
butkul uzilish va qalbni ulardan xoli qilish, ahli, bola-chaqasi, mol-davlati, vatani (ya’ni,
yashash joyi) g‘am-tashvishlaridan uzilish bilan, ilm haqida, rahbarlik, amal-martaba
haqida ham o‘ylashdan uzilish bilan bo‘ladi. Bandaning qalbida boshqa biror narsaning
borligi va yo‘qligi bir xil holatga aylanib qoladi.
So‘ngra besh vaqt farz namozlar va ularning sunnatlariga kifoyalanib, uyning bir
burchagida yolg‘iz holda qoladi. Va butun g‘amlardan qalbini bo‘shatib o‘tiradi. Qur’on
o‘qish, uning tafsiri haqida taammul qilish va yo bir hadis kitobi yoki boshqa asarlar
o‘qish bilan fikrini bo‘lmaydi. Balki xayoliga Alloh taolodan boshqa narsani keltirmaslikka
harakat qiladi. Mana shunday xilvatda o‘tirganida qalbini hozirlab, tili bilan doim
to‘xtovsiz Alloh, Alloh, deb turadi. Hattoki tilini harakatlantirishdan to‘xtatishga (ya’ni,
harakatsiz Alloh, deyishgacha) yetadi. Shunda so‘z (ya’ni, «Alloh» lafzi) go‘yo tiliga oqib
kelayotganday bo‘ladi. So‘ng tildan so‘zning asari ketguncha va qalbi doimiy zikr qilib
turish holatiga kelguncha bu holatga sabr qilib turadi. So‘ngra qalbdan lafzning surati,
harflari va kalimaning holati yo‘qolib, qalbda kalima ma’nosining o‘zigina qoladi, go‘yo
undan ajralmaydigan, uni lozim tutuvchi bo‘lgunicha shu holatda bo‘ladi. Shu hadga
yetguncha ixtiyor unda bo‘ladi. Vasvasalarni daf qilib, bu holatni davom ettirib turishda
ham uning ixtiyori bor. Unda Alloh taoloning rahmatini jalb qilish ixtiyori bo‘lsa-da, lekin
u mana shu ishlari bilan Alloh taoloning rahmat shabadalariga ro‘para bo‘ladi. Demak,
unga Alloh taolo rahmatidan ochadigan narsasini kutib turmoq qoladi. Payg‘ambarlar va
avliyolarga ham Alloh taolo shu yo‘lda rahmatini ochgan. Mana shu paytdagina agar
irodasi rost, himmati sof, chiroyli davomatda bo‘lsa, shahvatlari o‘ziga tortmasa,
nafsining gapi dunyo aloqalari va tashvishlari bilan uni mashg‘ul qilmasagina, Haq
nurlari qalbida yaltiray boshlaydi. Bu nur avvalda sobit turmasdan tez kelib, keyin g‘oyib
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy