Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
36
ichkaridan zohir bo‘ladi. Tashqi his qilinadigan narsalardan emas. Qur’on taqvo kashf va
hidoyat kaliti ekanligini ochiq bayon qiladi. Va bu ham ta’limsiz ilm hisoblanadi.
Alloh taolo aytadi:
«Alloh osmonlar va Yerda yaratib qo‘ygan narsalarda Allohdan qo‘rqadigan
qavm uchun oyat-alomatlar bordir» (Yunus surasi, 6-oyat).
Alloh taolo oyat-
alomatlarni O’zidan qo‘rqadigan qavmga xosladi.
Alloh taolo aytadi:
«Bu (Qur’on) odamlar uchun (to‘g‘ri yo‘lni) bayon qilguvchi va taqvo egalari
uchun hidoyat va pand-nasihatdir» (Oli-Imron surasi, 138-oyat).
Abu Yazid va boshqalar aytadilar: «Bir kitobdan biror narsani
yodlab olgan kishi olim
emas. Agar u yodlagan narsasini esidan chiqarib, unutib qo‘ysa, johilga aylanib qoladi.
Lekin olim ilmini
Robbidan qaysi vaqtda xohlasa, yodlamasdan va saboq o‘rganmasdan
oladigan kishidir». Bu esa robboniy ilmdir va bunga Alloh taoloning so‘zida ham ishora
bordir:
Dostları ilə paylaş: