Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
43
Mujohid «(Qachon Allohning nomi zikr qilinganda) yashirinib oladigan vasvasachi
(shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman» oyatining ma’nosi
to‘g‘risida aytishicha, qalbga yoyilib yotib olgan shaytondir.
Agar Alloh taoloni eslasa,
shayton siqiladi va uzoqlashadi. Agar g‘aflatda bo‘lsa, qalbning ustiga yana yoyilib yotib
oladi. Alloh taolo zikri bilan shayton vasvasasi o‘rtasidagi kurash yorug‘lik
bilan zulmat,
kecha va kunduz o‘rtasidagi o‘zaro kurashga o‘xshaydi. Ikkisining bir-biriga zidligi
borasida Alloh taolo aytadi:
«Ularni shayton egallab olib, ularga Allohni eslashni unuttiradi» (Mujodala
surasi, 19-oyat).
Anas roziyallohu anhu aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta
shayton odam farzandi qalbiga tumshug‘ini qo‘yib turadi,
agar u Alloh taoloni eslasa,
uzoqlashadi. Agar Alloh taoloni unutib qo‘ysa, qalbini yutib yuboradi», dedilar (Ibn Abud-
Dunyo rivoyati, zaif).
Ibn Vazzox «Agar kishi qirq
yoshga yetib tavba qilmasa, uning yuzini shayton qo‘li bilan
silab qo‘yadi» (Ibn Vazzox rivoyati), degan hadis haqida aytdilar: «Otam fido bo‘lsin, bu
najot topmaydigan kishining yuzidir».
Go‘yo shahvatlar odam farzandining go‘shtiga
va qoniga aralashib ketganidek,
shaytonning hukmronligi ham go‘shti va qoni ichida yuruvchi hamda qalbning atrofini
har tomonlama o‘rab oluvchidir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta shayton odam farzandining qon yo‘lida yuradi. Uning yo‘llarini
ochlik bilan
toraytiringlar», dedilar. Chunki ochlik shahvatni sindiradi, shaytonning yo‘li esa
shahvatlardir. Qalbning hamma tomonini shahvat qamrab olgani
uchun Alloh taolo Iblis
haqida xabar berib aytadi:
Dostları ilə paylaş: