Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
44
uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning har biringiz uchun bittadan
shayton bo‘ladi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Batahqiq, bu nav ichki his bilan vasvasa va ilhom,
farishta va shayton, tavfiq va
muvaffaqiyatsizlik ma’nolari ravshan bo‘ldi. Mana shundan keyin shaytonning zoti
to‘g‘risida mulohaza qiladigan kishi shunday o‘ylaydi: shayton latif jism yoki jism emas.
Agar jism bo‘lsa, insonning badaniga qanday qilib kiradi? U jism emas, deydi.
Bu masala
hozir muomala ilmida (ya’ni, zohiriy ilmda) muhtoj bo‘linadigan narsa emas.
Bu to‘g‘rida bahs qiluvchi kishining misoli kiyimi ichiga ilon kirib olganda, uni qanday
yo‘qotishga va zararini daf qilishga muhtoj bo‘la turib, uning rangi, shakli,
uzunligi va
yo‘g‘onligi to‘g‘risida bahs yuritayotgan kishining misoliga o‘xshaydi. Bu esa johillikning
ayni o‘zidir. Yomonlikka undovchi fikrlarga qarshi kurashish lozimligini bildingiz. Bu
yomon xayollar shaksiz bir sababdan bo‘lishiga dalolat qiladi. Kelajakda oqibatidan
qo‘rqiladigan yomonliklarga chaqiruvchi dushman kim ekanligi bilindi. Dushman ham
aniqlandi. Endi u bilan kurashishga kirishish lozim bo‘ladi. Batahqiq, Alloh taolo
insonning shayton borligiga ishonib, yomonligidan ehtiyot bo‘lishi uchun O’z kitobining
bir necha joyida uning dushmanligini bildirgan:
Dostları ilə paylaş: