www.ziyouz.com kutubxonasi
39
narsalarimni aytib berdi. Qalbim ikkisidan biluvchiroq ekan», dedilar». Bu hikoya
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mana bu so‘zlari ma’nosiga o‘xshash ekan:
«Albatta ummatlarim ichida ilhom qilinganlari bordir. Umar ana shundaylardandir».
Asarda kelishicha, Alloh taolo aytadi: «Qaysi bir bandaning qalbiga qaraganimda unda
ko‘proq Mening zikrim bilan mashg‘ul bo‘linganini ko‘rsam, qalbini O’zim idora qilaman
va uning suhbatdoshi va ulfati bo‘laman».
Abu Sulaymon Doroniy aytadilar: «Qalb qurib qo‘yilgan bir gumbaz o‘rnidadir. Uning
atrofida ko‘pgina qulflangan eshiklar bor. Qaysi eshik ochilsa, o‘sha eshik tarafda amal
qiladi». Batahqiq, qalb eshiklaridan bir eshik malakut tomoniga va mala’il a’lo tomoniga
(ya’ni, ko‘zga ko‘rinmaydigan olamga) ochilishi zohir bo‘ldi. Ana shu eshik nafsga qarshi
kurashish bilan, parhez bilan, dunyo xohishlaridan yuz o‘girish bilan ochiladi. Shuning
uchun Umar roziyallohu anhu askarlarning amirlariga «Itoatkor kishilardan eshitgan
narsalaringizni yodda tuting, chunki to‘g‘ri ishlar ularga ravshan bo‘ladi», deb maktub
yubordilar.
Ba’zi ulamolar aytadilar: «Alloh taoloning yadi (qo‘li) dono kishilarning og‘izlari ustidadir.
Ular faqat Alloh taolo ular uchun tayyorlab qo‘ygan haq narsanigina gapiradilar». Yana
boshqa kishi aytadi: «Agar xohlasa, Alloh taolo O’zidan qo‘rquvchi bandalarini ba’zi
sirlaridan xabardor qiladi, deyman».
Shayton vasvasa bilan qalbga hukmronlik qilmog‘i va vasvasa ma’nosi hamda uning g‘olib kelishi sabablari bayoni Bilingki, albatta qalb yuqorida zikr qilganimizdek, bir necha eshikli qilib qurilgan bir
gumbazga o‘xshaydi. Xabarlar unga har bir eshikdan yetkaziladi. Yana atrofidan kamon
o‘qlari bilan mo‘ljalga olib turilgan joyga o‘xshaydi. Yoki yo‘l yoqasiga tiklab qo‘yilgan bir
oynaga o‘xshaydi. Uning oldidan har xil suratli kishilar o‘tib, oynada har xil suratlar
ko‘rinib turadi. Oyna suratdan hech xoli bo‘lmaydi. Yoki bir hovuzga uxshaidiki, unga har
xil anhorlardan suv ochib qo‘iilgan edi. Albatta qalbda doimiy ravishda mana shunday
yangi xabarlar kirib turadigan joylari bo‘ladi. Ammo tashqaridan kiradiganlari beshta his
qilinadigan a’zolardir. Ichkaridan keladigan xabarlar esa xayol, shahvat, g‘azab va
insonning tabiatidan tarkib topgan xulqlardir. Chunki inson his etish a’zolaridan (ya’ni,
eshitish, ko‘rish, tatish, ushlash, hidlash) biri bilan biror narsani bilsa, undan qalbda asar
qoladi. Xuddi shuningdek, masalan, ko‘p yeyish va tabiatidagi quvvat sababli shahvat
qo‘zg‘aladigan bo‘lsa, qalbda undan asar hosil bo‘ladi. Garchi inson uni his etishdan
tiyilsa ham, nafsda hosil bo‘lgan xayollar qoladi. Xayollar bir narsadan ikkinchisiga
ko‘chib o‘tib turadi. Mana shu xayollarning ko‘chishi barobarida qalb ham bir holdan
ikkinchi holga o‘tadi. Bu so‘zlarimizdan maqsad albatta qalb doim mana shunday
sabablar tufayli o‘zgarib va ta’sirlanib turadi.
Qalbda hosil bo‘luvchi ta’sirlarning o‘ziga xosi xotiralardir, ya’ni fikrlash va xotirlashdan
paydo bo‘ladigan tushunchalardir. Bu - inson ilmlarni yangidan yoki eslash yo‘liga binoan
idrok etishi, deganidir. Bu tushunchalarning xotira, deyilishiga sabab shunday: qalb
xabarlardan g‘ofil bo‘lib qolganidan keyin qayta tushuniladi.
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy