Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
20
II bob.
Kichik va katta gunohlardan tavba qilish
Bilgilki, tavba gunohni tark etishdir. Biron narsani tark etish uchun avval uni bilish lozim.
Tavba
vojib bo‘lgan zahoti unga bog‘liq narsalar ham vojib bo‘ladi. Demak, gunohlarni bilish ham vojibdir.
Gunoh Alloh taoloning amriga xilof ravishda biron fe’lni tark etish yoki qilishdir. Buni butun tafsiloti
bilan bayon qilish uchun shar’iy takliflarg‘a boshidan oxirigacha sharhlash kerak. Lekin bizning
maqsadimiz bu emas. Biz faqat gunohning umumiy tomonlariga, ularning qismlari o‘rtasidagi
bog‘lanishlarga to‘xtalamiz. Alloh bizni o‘z rahmati bilan to‘grilikka yo‘llasin.
Gunohlarning qismlarga bo‘linishi va bandaning sifatlari:
Bilgilki, insonning sifatlari va xulqlari ko‘pdir. Gunohlarning kelib chiqishi ushbu to‘rtta sifatga
borib taqaladi.
a) rububiylik sifatlari (yaratuvchiga xos sifatlar);
b) shaytoniylik sifatlari;
v)
hayvoniylik sifatlari;
g) yovvoyilik sifatlari.
Inson tiynati har xil aralashmalardan qorilgan. Hammasi o‘z ta’siriga ega, bamisoli shakar, sirka
va za’faron ' sikanjabin qorishmasida turli ta’sirlarga ega bo‘lganidek.
Kibr, faxr, g‘urur, maqtovni sevish, behojatlikni yaxshi ko‘rish, boqiy qolishni orzu qilish,
hammadan ustun bo‘lishni istash, hatto "men sizning parvardigoringizman", degan darajagacha
borish
kabilar
rububiylik sifatlar
iga
ishtiyoqni qo‘zg‘aydi. Barcha gunohi kabiralar mana shu nuqtadan
yoyiladi. Ko‘pchilik bu gunohlardan g‘ofil qolib, ularni gunoh sanamaydi. Aslida ular shaksiz halokatga
olib boruvchi eng katta gunohlar bo‘lib, aksar jinoyatlarning onasidir.
Hasad, zulm-sitam, hiyla, aldamchilik,
fasod va makrga buyurish, tovlamachilik, munofggqlik,
bidtat va zalolatga da’vat qilish kabilar
shaytoniy sifatlar
dan
tarqaladi.
Qizg‘anchiqlik, ochko‘zlik, jinsiy va qorin shahatini qondirish uchun hirs bllan tashlanish, zino,
bachchabozlik, o‘g’rilik, yetimlarning
moliga xiyonat, dunyo orttirishga mehr kabilar
hayvoniy sifat
dan
tug‘iladi.
Yovvoyplik sifati
esa, g‘azab, nafrat, odamlarga qo‘l ko‘tarish, so‘kish, o‘ldirish, mol-mulkni zoe’
qilish kabi illatlarni paydo qiladi.
Barcha gunohlar mana shu sifatlardan tarmoqlanib, yoyiladi. Bu sifatlar inson fitratida asta-sekin
harakatlanib, biri ikkikchisiga yo‘l ochadi. Avvalo, hayvoniylik sifati g‘olib kelib, keyin unga
yovvoyilik sifatlari ergashadi. Ular birlashib,
aqlni qalloblik, makkorlik va xiyla yo‘lida ishlatadi. Bu
shaytoniy sifatdir. Keyin faxr, izzat, ulug‘lik va buyuklikni da’vo qilish, barchadan ustunlikni qasd
qilish kabi rububiylik sifatlari fitratni egallaydi. Mazkur sifatlar gunohlarning onasi va manbaidir.
So‘ng gunohlar a’zolarga yoyiladi. Kufr, bid’at, nifoq, ichiqoralik kabi sifatlar qalbda qaror topadi.
Ba’zilari ko‘z va quloqda muqim bo‘lsa, yana ba’zilari tilda, qorin va jinsiy a’zolarda, qo‘l va
oyoqlarda, umuman, barcha a’zolarda maskan topadi.
Bilgilki, gunohlar ikki qismga ajraladi:
1) banda va Alloh taolo orasidagi gunohlar;
2) bandalarning haqlariga taalluqli gunohlar.
Namozni, ro‘zani, maxsus vojiblarni tark etish nafsga taalluqli gunohdir.
Zakotni tark etish, biron jonni o‘ldirish, mol-mulkka bosqinchilik qilish, or-nomusni toptash
bandalarning haqlariga taalluqli gunohlardir.
Shuningdek, bid’at amallarga chaqirib, gunohlarga
rag‘bat uygotish, Alloh taolo rozi bo‘lmaydigan ishlarga jur’at etish ham (xavfu rajoni barobar
bilmasdan, rajoni xavfdal ustun qo‘ygan ba’zi voizlarni mana shunday "jur’at''da ayblash mumkin)
o‘zgalarning haqlariga tajovuz sanaladi.
Banda va Alloh taolo orasidagi gunoh, agar shirk bo‘lmasa, afv etilishiga umid qilish mumkin.
Xabarda keladi: "Bitiklar uchtadir: kechiriladigan
gunohlar bitigi; kechirilmaydigan gunohlar bitigi; tark
qilinmaydigan bitik. Bandalar
bilan Alloh taolo orasidagi gunohlar kechiriladigan gunohlar bitigida,
Alloh taologa shirk qilish kechirilmaydigan gunohlar bitigidadir. Bandalarning haqlariga tajovuz qilgan