َﻒَﻠَﺳ ْﺪَﻗ ﺎَﻣ ْﻢُﻬَﻟ ْﺮَﻔْﻐُﻳ اﻮُﻬَﺘْﻨَﻳ ْنِإ "Agar (kufridan)
to‘xtasalar ,
o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur" (Anfol, 38), degan oyatini
esladik. Shunda Abdurahim: "Umid qilamanki, musulmon kishi Alloh huzurida bundanda go‘zal
holatda bo‘ladi. Endi anglayapman, musulmonning tavbasi islomdan keyingi islom kabi ekan", - dedi".
Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhu deydi: "Sizga faqat Allohning Rasulidan yoki Allohning
kitobidan shuni aytamanki, banda biror gunohni qilib qo‘yib, keyin ko‘z yumib ochgunicha undan
pushaymon bo‘lar ekan, gunohi ko‘z yumib ochishidan ham tezroq to‘kiladi".
Umar roziyallohu anhu deydi: "Tavba qiluvchilar majlisiga shoshiling, chunki, ular qalblari halim
zotlardir".
Bir kishi: "Alloh qachon meni mag‘firat qilishini bilaman", - dedi. "Qachon?" deb so‘rashdi.
"Tavbam qabul bo‘lgan zahoti", - dedi u.
Yana biri aytadi: "Men mag‘firatdan mahrum bo‘lishdan ko‘ra tavbadan mahrum bo‘lishdan
ko‘proq qo‘rqaman".
Rivoyat qilinishicha, Bani Isroilda bir yosh yigit bor ekan. U Alloh taologa yigirma yil ibodat
qilibdi. Keyin yana ymgirma yil gunoh ishlar bilan mashg‘ul bo‘libdi. Kunlardan bir kuni oynaga qarab,
soqoliga oq oralaganini ko‘ribdi. Bundan noxush bo‘lib, iltijo qilibdi: "Ilohim, yigirma yil senga itoat
etdim, keyin yigirma yil ma’siyatga botdim. Endi o‘zingga qaytsam, tavbamni qabul qilurmisan?"
Shunda g‘oyibdan sado kelibdi; "Bizni suyding, biz ham seni suydik, bizni tark etding, biz ham seni
tark etdik, bizga itoatsizlik qilding, senga muhlat berdik. Agar bizga qaytsang, tavbangni qabul
qilurmiz".
Alloh taolo rahmatgiga olsin, Zunnun Misriy deydi: "
Allohning shunday qullari bor, ular gunoh darajalrrini qalbning nazar tushadigan joylariga ekdilar va uni tavba suvi bilan sug’ordilar. Daraxtlar pushaymonlik va hazinlik hosilini berdi. Ular jununsiz majnun bo‘ldilarr. Ular hayrat ichra qotdilar, lekin hayratdan duduqlanib, soqovlanib qolmadilar. Chunki, ular Alloh va Rasulini taniguvchi bolig’, fasih, orif edilar. Keyin ular safo kosasini simirdilar, natijada uzoq sinovlarga sabrli bo‘lishii meros qilib oldilar. So‘ngra ularning qalblari molakut olamida bexud bo‘ldi, fikrlari jabarut pardalari aro kezdi. Ular nadomat ravoqining soyasida to‘xtadilar va gunohlar sahifasini o‘qidilar. Natijada ular o‘z nafslariga qo’rqinchu qayg’uni meros qoldirdilar. Hatto taqvo narvoni bilan zuhd cho’qqisiga ko’tarildilar. Dunyodan kechish achchig’ini shirin dedilar, qo‘pol, dag’al to’shakni mayin bildilar. Hatto najot qal’asini egallab, omonlik xalqasini mahkam tutdilar to‘liq bo‘lganida tavbaning shubhasiz maqbulligi bildilar. Ruhlari yuksak-yukspklarga talpinib, jannat bog’larida qo‘nim topdilar. Tiriklik dengiziga sho‘ng’ib, qo‘rquv va qayg’u handaqlarini ko‘mdilar. Ishqsu ishtiyoq ko‘priklaridan o‘tib, ilm maydoniga