َﺔَﺌِّﻴﱠﺴﻟا ِﺔَﻨَﺴَﺤْﻟﺎِﺑ َنوُءَرْﺪَﻳَو اوُﺮَﺒَﺻ ﺎَﻤِﺑ ِﻦْﻴَﺗﱠﺮَﻣ ْﻢُهَﺮْﺟَأ َنْﻮَﺗْﺆُﻳ َﻚِﺌَﻟوُأ "Ana o‘sha zotlarga sabr qilganlari sababli ajr-mukofotlari qayta-qayta ato etilur. Ular yaxshilik bilan yomonlikni daf qilur..." (Qasas surasi, 54).
Uchinchi tabaqa: Bu tabaqadagi kishi tavba qiladi, biron muddat tavbasiga sodiq qoladi. Keyin
shahvatlar g‘olib kelib, istaklarga taslim bo‘ladi. Ba’zi gunohlarni sodir etadi. Lekin shu bilan birga u
toatlarga beriladi, qilishni xohlab, qilishga qodir bo‘la turib, ayrim gunohlarni tark etadi. Ha, u bir yoki
ikki istakka taslim bo‘lgan. Lekin Alloh taolo agar qudrat bersa, u bu istaklarni to‘la mag‘lub etishni,
shu bilan ularning yomonligidan saqlanishni juda istaydi. Istagi amalga oshib, orzusi poyoniga yetgan
zahoti u pushaymon bo‘lib deydi: "Koshki bu gunohni qilmasam edi. Endi tavba qilaman. Gunohga
yetaklaydigan bu istakni mag‘lub etish uchun nafsim bilan kurashaman!" Lekin u nafsining
vasvasasiga uchadi, tavbani iloji boricha orqaga suradi, kundan kunga kechiktiradi. Bu nafs "an-
nafsul musavvila", ya’ni tilanuvchi nafs deyiladi. U haqda Alloh taolo aytadi:
ﺎًﺌِّﻴَﺳ َﺮَﺧﺁَو ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ ﻼَﻤَﻋ اﻮُﻄَﻠَﺧ ْﻢِﻬِﺑﻮُﻧُﺬِﺑ اﻮُﻓَﺮَﺘْﻋا َنوُﺮَﺧﺁَو "Yana boshqa bir kishilar borki, gunohlarini e’tirof qilurlar. Ular yaxshi amalni boshqa — yomoniga aralashtirib yuborganlar" (Tavba surasi, 102).
Toki ibodatda davom etib, gunohlaridan nadomat chekar ekan, bu toifaning taqdiri umidlidir.
Alloh taolo ularning tavbasini qabul qilsa, ajabmas. Agar tavbani orqaga surib, kechiktirsalar, buning
oqibati xatarli. Tavba qilmasdan burun vafot etib qolsalar, ishi Yaratuvchining xohishiga havola. Alloh
o‘z fazli bilan ularning xatolarini o‘nglab, afv etsa, peshqadamlar safiga qo‘shiladilar. Mabodo,