Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
yaratilgan, banda o‘z fe’l-atvorini o‘zi yaratadi, degan g‘oyani ilgari surgan. A.H.A.ning
"xudoning kalomi" iroda erkinligi, odamning o‘z xatti-harakatlari uchun ma’naviy
javobgarligi, hayotiy ne’matlar haqidagi va b. fikrlari nafaqat sunniy ilohiyotchilar,
balki
boshqa mu’taziliy oqimlarning vakillari tomonidan ham tanqidga uchragan. A.H.A. xalifa
Ma’munning ustozi bo‘lgan va ayni shu xalifa davrida (813-833) mu’taziliylar ta’limoti
hukmron diniy e’tiqod hisoblangan. Xalifa amri bilan barcha qozilar, ilohiyotchi olimlar,
mansabdor shaxslar aqidaviy masalalarda imtihon qilingan. Mutaziliylik, ya’ni A.H.A.
aqidalarini tan olmagan kishilar xizmatidan bo‘shatilib,
jazolangan, hatto o‘limga
mahkum etilganlar.
Dostları ilə paylaş: