ABU UBAYDA ibn Jarroh (? - 639) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan keyin
islomga birinchi bo‘lib kirgan kishi. Asharai Mubashsharalardan. Ismi Omir, quraysh
qabilasining bani Fixr urug‘idan bo‘lgan. AU. Habashistonga, keyin Madinaga hijrat
qilgan. Muhammad (sav) bilan hamma g‘azotlarda kdtnashgan. Islom tarixida shijoatli
va o‘ta jasur mujohid, buyuk sarkarda, odil bir inson sifatida tanilgan. Otasi Badr jangida
makkalik mushriklarga qo‘shilib, musulmon qo‘shinlariga qarshi kurashgan, o‘g‘li A.U.ni
o‘ldirishga qasd qilgan, doimo uni ta’qib etgan. Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida Shom
(Suriya) fathi uchun yuborilgan. A.U. odil, shafqatli va halim zot bo‘lgan. Bu hol
dushmanni yengishga qo‘l kelgan, Shomning urushsiz olinishiga sabab bo‘lgan. 639 y.
Shomda og‘ir, yomon kasallik (touni amvos) garqalgan. Kasallik dastlab Falastindagi
Amvos qishlog‘idan chiqqan bo‘lib, bu kasallikdan bir oy ichida yigirma ming musulmon
vafot etgan. A.U. ham shu kasallik qurboni bo‘lgan. A.U. Urdun (Iordaniya) nohiyasida
vafot etgan, qabri Shariat daryosining g‘arb tomoni, Amyo qishlog‘idadir. Umar (ra)
o‘zidan keyin xalifalikka A.U.ni munosib nomzod deb bilgan.
ABU SHAYBA, to‘liq ismi Abubakr Abdulloh ibn Muhammad ibn Abu Shayba (? - 849) -
muhaddis, olim. Sufyon ibn Uyayna, Abdulloh ibn Muborak, Yahyo ibn Said kabi
zotlardan hadis olgan, uning o‘zidan ham Buxoriy, Muslim, Abu Dovud kabi buyuk
muhaddislar qadis naql etganlar. Xalifa Mutavakkilning amri bilan xalqqa hadisdan dars
bermog‘i uchun Bag‘doddagi Rusofa yaqinida bir minbar hozirlatgan. Uni tinglagani 3000
kishi to‘plangan. Hadisga doir "Musnad" va uch jildli "Almusannaf" asarlari mashhurdir.
ABU SHUJO RO’ZROVARDIY, Zahiruddin Muhammad ibn Husayn (1045, Ahvoz -
1095, Madina) - tarixchi, davlat arbobi. Fiqh, hadis, til va tarix sohasida, xususan
somoniylar tarixiga oid bir qancha asarlar yozgan. 1076 y.da xalifa Muqtadiy (1075-94)
tomonidan vazirlikka tayinlangan. Uning davrida ba’zi soliqlar yengillashtirilgan. U o‘z