Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
SAMO’ - 1. "tinglash, quloq solmoq". Hadisshunoslik va arab musulmon adabiyotida 
hadislar va to‘liq asarlarni tinglovchiga yetkazish usullaridan birini anglatuvchi texnik 
istiloh. S. quyidagi jarayondan iborat: muhaddis yoddan yoki yozilgan matnga qarab 
roviylar va isnodga suyangan holda hadisni aytadi, tolib hadisni eshitib, esda saqlab, uni 
ovoz chiqarib qaytaradi: material to‘g‘ri o‘zlashtirilganiga ishonch hosil qilgan muhaddis 
tolibga uni boshqalarga yetkazishga ijozat (ijoza) beradi. Yangi hadisni o‘rganishda bu 
jarayon qaytarilgan; tolib hadisni yozib olishi ham mumkin bo‘lgan. Asarlar S. usuli bilan 
qismlarga ajratilgan holda o‘zlashtirilgan. S. o‘zlashtirish, yetkazishning samarali va 
yaxshi usuli hisoblangan, shuning uchun adabiyotda ko‘pincha unga havola (ishtiboh) 
kdlinadi. 2. Qo‘shiq, musiqa tinglash; darvishlarning zikr majlislarida gir aylanib, jo‘shib 
raqs tushishlari. S. ikki xildir: 1) so‘z tinglamoq; S.ning birinchi xilida tasavvufga oid 
biror so‘z tinglanib, undan ibrat va saboq olinadi, bunda S. poklik va qalb huzuri bilan 
eshitilmog‘i lozim. 2) kuy tinglamoq; bunda musiqa tinglash ruh ozig‘i sifatida e’tirof 
etilgan. Shunda ruh yuksak maqomlarga parvoz qiladi, deb hisoblangan. 
 
SAM’ONIY, Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy (1113-1167) -muhaddis, 
tarixchi, adabiyotshunos. Marvda tugilgan. S.ning ajdodlari butun islom olamida 
mashhur muhaddis, faqihlar bo‘lishgan. Marvdagi mashhur olimlardan saboq olgan. 
Dastlab sayohatini S. amakisi Ahmad ibn Mansur as-Sam’oniy bilan birga Nishopurga 
qilgan. So‘ngra Xuroson, Movarounnahr, Iroq, Xijoz, Suriya va Tabariston shaharlari 
bo‘ylab uzoq safarda bo‘lgan; 8 yil Bag‘dodda yashagan, u yerdan 2 marta Makkaga haj 
qilgan. Ray, Hamadon, Damashq, Kufa, Basra, Tus, Quddusda bo‘lgan. Sayohati 
davomida S. olimlar bilan uchrashib, ulardan saboq olgan, o‘z asarlari uchun material 
to‘plagan. 1143-44 y.da S. Marvga qaytib, al-Amidiya madrasasida dars bergan. Keyingi 
yillarda u o‘g‘li Abduraxmon bilan O’rta Osiyo shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. S. fiqh, 
hadis, arab tili tilshunosligi, grammatikasi, adabiyotiga doir 50 dan ziyod asar yozgan. 
S.ning ayniqsa tarix va geografiyaga doir asarlari qimmatlidir. Uning "Kitob ul- 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
260
ansob"("Nisbalar kitobi")da Xuroson va Movarounnahrda yashagan yuzlab muhaddislar, 
mufassirlar, faqihlar haqida noyob ma’lumotlar keltirilgan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin