Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
336
ZUBAYR ibn AVVOM, to‘liq ismi Abu Abdullo az-Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-
Asadiy al-Qurayshiy (? -656)
- sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai
Mubashsharadan. Quraysh qabilasidan, Xadicha kabi bani Asad urug‘idan. Muhammad
(sav)ga xolavachcha,
Xadichaga esa, akaning o‘g‘li. Oishaning singlisi Asmoga
uylanganligi uchun Rasuli Akramga boja hisoblanadi. 12 yoshida islomga kirgan. Oldin
Habashistonga, so‘ngra Madinaga ko‘chgan(hijrat qilgan)lardan. Muhammad(sav)ning
barcha g‘azotlarida qatnashgan. Badr jangida dushmanga birinchi bo‘lib qilich solib
hamla qilgan. Umar (ra) davrida Yarmuk jangida qatnashib, ikki joyidan yaralangan.
Misrni fath etishda qatnashgan. Z.ibn A. badavlat bo‘lib,
uning bir quli, hisobsiz moli, yer
va bir necha uyi bo‘lgan; u xayr-ehson qilishni sevar, mol dunyosini Alloh yo‘lida
sarflagan. Savdogarlik bilan shug‘ullangan. Xalifa Umar (ra)ning xalifalik uchun ajratgan
6 kishilik maslahat ashobidan edi. Usmon (ra) xalifaligi davrida chiqqan ixtiloflarga
qo‘shilgan. Jamal
jangida Aliga qarshi chiqqan, so‘ngra afsus chekib, orqaga qaytgan.
Biroq qaytishda bir daraxt tagida uxlab yotganida o‘ldirilgan. Qotil Ibn Jurmuz
Zubayrning boshini Aliga olib borgan. Mukofot kutgan qotilga Ali payg‘ambarimizning
"Zubayr qotiliga jahannamga kirishini xabar beringiz", mazmunidagi hadislarini o‘qib
bergan. Z.ibn A. payg‘ambarimizdan 38 hadis rivoyat qilgan.
ZULKIFL (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Z.ning asl ismi Bishr
bo‘lib, Ayyub (as)ning o‘g‘lidir. U otasi Ayyub (as)dan so‘ng payg‘ambar qilib yuborilgan.
Allohga bergan ahdiga vafo qilgani uchun Z deb nomlangan (Zulkifl -Kafolat sohibi).
Qur’onda Z nomi Ismoil va Idris (as)lar bilan birga zikr qilingan (Anbiyo surasi 85-86-
oyatlar, Sod surasi 48-oyat). Ammo, qaysi qavmga payg‘ambar etib yuborilgani va
payg‘ambarlik da’vati haqida Qur’onda aniq oyat zikr etilmagan.
Boshqa bir rivoyatga
ko‘ra, rumliklar Z.ga ergashganliklari nakd etiladi. Bu qavm Z.dan o‘zlarini uzoq umr
ko‘rishliklarini Allohdan so‘rashni iltimos qilishgan. Parvardigor Z.ning duosini qabul etib,
"ular o‘zlari xohlamaguncha o‘lmaslar, bunga sen ham kafil bo‘lgan", degan vahiy keladi.
Bishr o‘z qavmiga bu bashoratni yetkazadi. Ilohiy vahiyga o‘zi kafil bo‘ldi. Shu sababdan
uni Z deb atay boshlaganlar. Iroqda al-Xilla yaqinida Z.ning qabri deb hisoblanadigan
ziyoratgoh mavjud. Boshqa joylarda
ham Z maqbarasi mavjudligi, jumladan u Termiz
yaqinida dafn etilgani haqida rivoyatlar bor.
Dostları ilə paylaş: