www.ziyouz.com kutubxonasi
345
qilayotganini aytadi. Boshqa islom davlatlarida faqat oilaviy - nikoh, taloq, nafaqa kabi
masalalarda va merosda Sh.ga to‘liq yoki qisman amal qilinadi. Boshqa qonunlar g‘arb
davlatlari qonunlaridan o‘zgartishlar bilan olingan ko‘chirmadan iborat. 20-a.ning
o‘rtalaridan turli shaxs va jamoalar tomonidan Sh.ga amal qilishni qayta tiklash
chaqiriklari olib borilmoqda. Bunga qisman amal qilgan yerlar ham bor. Ammo, ko‘pchilik
davlatlarda bu chaqiriklar gap bo‘yicha qolib kelmoqda.
O’zbekiston hududida qadimda barcha musulmon o‘lkalari bilan bir qatorda Sh. tatbiq
qilingan. Movarounnahrlik faqihlar chuqur bilimlari, mashhur asarlari bilan Sh.ning
rivojiga muayyan hissa qo‘shgan. Movarounnahr hanafiylik mazhabining markazlaridan
bo‘lib, shu yerlik xalqlarning huquqiy tizimi Sh. tamoyillari va qoidalari asosida
yaratilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning "Hidoya", farg‘onalik Faxriddin Hasanning
"Fatovo", buxorolik Ubaydulloh ibn Mas’udning "Muxtasar" singari kitoblari musulmon
davlatlarida mashhur bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida ayrim huquqiy me’yorlarni mahalliy
sharoitga moslashtirishga intilganlar. Islom mamlakatlarida hoz. kunda Sh. jamiyatning
ijtimoiy-ruhiy hayotini qamrab oluvchi tartib-qoida sifatida muayyan mavqega ega.
Boshqa Islom yurtlari qatori bu hududda ham asta-sekin Sh. qonunlari o‘rni susayib
borgan. Bolsheviklarning oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Sh. umuman man qilingan. 2-
jahon urushi davrida Sh.ning ba’zi shaxsiy ibodatga oid ta’limotlariga amal qilishga
chegaralangan shaxslarga ruhsat berilgan. Mustaqillik davrida namoz, ro‘za, haj kabi
shar’iy amallarni fuqarolar bemalol qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
SHAMSIDDIN KULOL MAQBARASI -Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik (14-15-a.lar).
Amir Temurning piri shayx Shamsiddin Kulol dafn etilgan (1370). Maqbara to‘g‘ri
to‘rtburchak tarhda (12,1x10,6 m) qurilgan bo‘lib, gumbazi saqlanmagan, keyinchalik
yassi tom bilan yopilgan. Bino pishiq g‘ishtdan qurilgan, devorlari bir necha marta
suvalib, dastlabki bezaklarini ham, qiyofasini ham qisman yo‘qotgan.
SHARIF (arab. - "olijanob", "aslzoda") -Muhammad (sav) avlodlarining nomiga
qo‘shiladigan hurmat so‘zi. Sh. yana bir necha mo’tabar atamalarga sifat tarzida
qo‘shiladi. Mas., hadisi Sh., Buxoroyi Sh., Kalomi Sh., Kuddusi Sh., Mushafi Sh. va sh.k.
SHATH (ko‘pliga shatahot yoki shathiyot; shataha fe’lidan - "harakatda bo‘lmoq",
"qirg‘oqlar tomonidan qisib qo‘yilishi natijasida jo‘sh urmoq" - daryodaga suv haqida) -
so’fiyning ekstaz holatida (vajd) o‘zini nazorat qila olmay qolgan so’fiy aytadigan ibora.
Sh. istilohi ekstaz holatining o‘zini ham anglatadi. Fe’lning ma’nosidan kelib chiqib,
tasavvuf nazariyotchilari Sh.ga so’fiyni zikr paytida Allohni mushohada qilishi
(mushohadat al-haqq), undagi "men"ni "yo‘q bo‘lishi" (fano an nafsihi), U bilan o‘zining
birligani his etishi (ittihod) natijasida uni chulg‘ab olgan hissiyotlarining "otilib chiqishi"
deb ta’rif berganlar.
Bu holatdagi so’fiylar og‘zidan chiqqan eng mashhur iboralardan Mansur al-Hallojning
"Men-Xudo!" (ana-l-Haqq), Bistomiyning "Men sharafliman! O men qanchalar
buyukman!" (subhani, subhani ma a’zama sha’ni), ash-Shibliyning "Sizning davringiz
tugayapti, faqat mening vaqtimning na oxiri na boshi bor!", Ibn Sab’inning "Xutsodan
o‘zga hech narsa yo‘q" va b.ni ko‘rsatish mumkin.
Umuman olganda Sh.ni so’fiyda sodir bo‘ladigan shaxsiy ichki kechinmalar, uni so‘z bilan