Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
347
SHA’BON (Hindiston va Pokistonda - shabi barot) - musulmon qamariy taqvimidagi 8-
oy. Islomga qadar Sh. - 4 muqaddas oydan biri (q. Qur’on, 9:36), chunki qad. arab
taqvimiga ko‘ra, yozgi tengkunlik Sh.ga to‘g‘ri kelgan. Sh.da qo‘shimcha ro‘za tutish (va
b. solih a’mollar qilish) keng tarqalgan, Sh.ning 15-kuni esa (u johiliyat davrida ham
e’zozlangan), islomda eng ommaviy xalq bayrami - laylat al-baro’a ("yaratish kechasi",
odatda "xalos bo‘lish kechasi" deb tushuntiradilar, ya’ni gunoxdarni kechirish) xuddi
laylat al-qadr kabi qad. yanga yil bayrami belgilarini saqpab qolgan.
Shu kechada Alloh
"eng pastki osmon"ga tushib, gunohlarini afv etishni so‘raganlarning iltijosini ijobatga
olar ekan. Laylat al-baro’ada Yosin surasi o‘qiladi, o‘lganlar yodga olinib, ular ruhiga
duolar qilinadi. Hindiston va Pokistonda qashshoqlarga taom tarqatiladi,
shirinliklar
tanovul qilinadi, bayram charog‘bonligi o‘tkaziladi.
Sh.ning 13-15-kunlari "Oq tunlar" (kunlar) deb atalib, bir qator mamlakatlarda bu
kunlarda ro‘za tutiladi. Sh. oyining 3-kunida Rasululloh (sav)ning nabiralari Husayn
tug‘ilgan, 5-kuni - boshqa nabiralari Hasan tug‘ilgan bo‘lishi mumkin deb hisoblangan
sanalardan biri deb aytiladi. Sh.ning 15-kuni - qibla Quddusdan Makkaga o‘zgartirilgan
kun deb hisoblanadi. Oy nomiga al-mu’azzam - "izzatli" sifatini qo‘shish
bilan islomda
Sh.ning ahamiyati uqtirib ko‘rsatiladi
SHA’RONIY (yoki ash-Sha’roviy), Abdulvahhob ibn Axmad (1493-1565) - misrlik
mashhur so’fiy va ilohiyotchi. Saqiyat - Abu Sha’ra qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘z shajarasini
(asossiz ravishda) Ziyoniylar sulolasidan chiqqan Tlemsen hukmdorlariga, ular orqali
alaviy Muhammad ibn al-Hanafiyaga bog‘lagan. Qohirada yashab, ijod etgan. Shofi’iylik
fiqhini u Misrning atoqli faqihi Zakariyo al-Ansoriydan o‘rgangan.
Ibn Arabiy qarashlari
unga katta ta’sir ko‘rsatgan. Qohirada Sh. so’fiy va’zxon sifatida tezda shuhrat
qozongan, tarafdorlari ko‘paygan. Badavlat qozi Abdulqodir al-Mag‘oziliy unga atab
madrasa kurdirgan va vaqf sifatida bir qancha yer mulklari ajratib bergan. Sh. va uning
avlodlari undan merosiy foydalanish huquqini olganlar. Shu tufayli Sh. ko‘p xayr-
sadaqalar qilgan, kambag‘allar, mayib-majruhlar,
shuningdek, ko‘p sonli muridlarini
boqqan, bular uning shuhrati yanada ortishiga sabab bo‘lgan. 1774 y. uning sag‘anasi
ustiga uning nomi bilan ataladigan masjid bunyod etilgan, u hozir ham saqlangan.
Masjid joylashgan ko‘cha va yaqin atrofdagi mavze ham uning nomi bilan ataladi. Sh.
hadis, fiqh, so’fiylik va b.ga oid 60 dan ziyod asar yozgan. Ibn Arabiyning kuchli ta’siriga
qaramay, Sh. uning vahdat al-vujud ta’limotini qabul qilmagan. U "ma’rifatli" so’fiylik
tarafdori bo‘lib, fiqh va islom aqidalarini chuqur bilish har bir so’fiy uchun shart deb
hisoblagan. U tavakkulni bir taraflama -har bir ishni Allohning irodasiga tashlab
qo‘yishni, bu bilan "qashshoqlikda kun kechiruvchi bekorchilar va tekinxo‘rlarni"
so’fiylikda ortib borishiga qarshi chiqqan. Fiqh sohasida Sh.
mezon nazariyasini ishlab
chiqqan, unga ko‘ra, islomdagi 4 asosiy mazhab o‘rtasidagi ixtiloflar asosan shariat
qoidalariga amal qilishga oid. Sh.ga ko‘ra, barcha mazhab asoschilari haq bo‘lib, diniy
qonun negazida sobitqadam bo‘lganlar. Ular o‘rtasidagi farq faqatgana shariatning u yoki
bu qoidasini "murakkablashtirish" (tashdid) yoki "engillashtirish" (taxfif)dan iborat
bo‘lgan.
SHAHID (arab. guvoh) - islomda din yo‘lida halok bo‘lgan shaxs. Hadislarga ko‘ra, Sh.
o‘z imonini kofirlarga qarshi urushda xalok bo‘lishi bilan tasdiqlaydi.
Unga qabr azobidan
xoli bo‘lib jannatga tushish kafolatlangan, shuning uchun u dafn etilishidan oldin
yuvilmaydi. Sh.ning hayotidaga qilgan barcha gunoxlari kechiriladi, jannatda u Alloh