Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə424/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
354
SHUAYB (as) - Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Arab millatiga mansub 
bo‘lgan 4 payg‘ambardan (Hud (as), Solih (as), Muhammad (sav) bilan birga) biri. Sh. 
(as) o‘z qavmini fasohatli usullar bilan imonga da’vat etganligidan "payg‘ambarlar xatibi" 
deb nom olgan. Sh. va uning qavmi Arabiston ya.o.ning Qizil dengaz qirg‘og‘idagi 
Madyon degan joyda yashab o‘tgan. Bu qavm, asosan, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. 
Ular Allohga ibodat qilish o‘rniga turli ilohlarga sig‘inadigan, moddiy boylik orttirishga 
hirs qo‘ygan, bu yo‘lda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. 
Savdo qilganlarida tosh-tarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Sh. (as) o‘z qavmini 
savdoda halollikka, kishilar haqqiga xiyonat qilmaslikka da’vat eta boshladi. Sh. (as)ning 
nasihatlariga ko‘nmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga 
uchradi. Qur’onda payg‘ambarlarga bo‘ysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor 
qilishi eslatiladi. Sh. (as) va uning o‘z qavmini da’vat qilgani va gumroh qavmning 
boshiga tushgan azob-uqubatlar haqida Qur’onda A’rof surasi, 85-87-oyatlar, Hud 
surasi, 87-90-oyatlarda bayon qilingan.
"SHO’ROI ISLOMIYA" - Turkiston taraqqiyparvar ziyolilarining ijtimoiy-siyosiy 
tashkiloti. 1917 y. 14 martda Toshkentda tuzildi. Uning tashkil topishida Munavvarqori 
Abdurashidxonov katta xizmat qildi. Tashkilot faoliyatida Mahmudxo‘ja Behbudiy, 
Mustafo Cho‘qay o‘g‘li (1890-1941), Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on (1890-1970) kabi 
ma’rifatparvarlar muhim rol o‘ynadi. Tashkilot tashabbusi bilan Butun Turkiston 
musulmonlarining 1-qurultoyi o‘tkazildi (1917 y. apr.). Qurultoyda qabul qilingan 
tashkilot dasturida o‘lka musulmonlari orasida islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini tarqatish, 
mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona fikr va maslak asosida birlashtirib 
Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo‘yilgan. "Sh.i." butun 
o‘lkadagi musulmonlar manfaati uchun kurashganligi tufayli unga turli xalqlar va 
tabaqalar vakillari kirgan edi. Tashkilot "Sho‘roi islom" nomli jarida ham chiqardi (1917 
y. apr.-iyun). Biroq taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan 
ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar "Sh.i." tashkiloti safida 
tarafkashlik yuz berishiga olib keldi. Undan ajralib chiqqan bir guruh ulamolar "Sho‘roi 
ulamo" jamiyatiga asos soldi (1917 y. iyun). Turkistondaga sovet rejimi esa, 1918 y. 
boshida "Sh.i." tashkiloti faoliyatini umuman taqiqladi.
"SHO’ROI ULAMO" - Turkiston ulamolari jamiyati. 1917 y. iyunda "Sho‘roi 
islomiya"dan ajralib chiqqan. Jamiyatning Toshkent, Qo‘qon, Samarqand sh.laridagi 
sho‘‘basi faol ish olib bordi. Jamiyat dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada 
shariat qonunlariga qatiy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat 
etilgan. "Sh.u." "al-Izoh" (1917 y. iyun - 1918 y. may), "al-Isloh" (1917-18) jur.larini 
nashr etdi. Ularda davrning dolzarb muammolari: diniy, axloqiy, ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy 
masalalar yoritib borildi. "Sh.u." tashabbusi bilan Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston 
musulmonlari qurultoyi o‘tkazildi (1917 y., sentyabr). Unda ulamochilar va Sho‘roi 
islomchilar o‘zaro birlashib, "Ittifoqi muslimin" degan siyosiy partiya tuzdilar. "Sh.u." 
jamiyati sof musulmon muxtoriyati g‘oyalarini ilgari surdi, sho‘rolar rejimiga qarshi faol 
kurashdi. Bolsheviklar 1918 y. boshlarida jamiyat faoliyatini taqiqladi. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin