www.ziyouz.com kutubxonasi
355
- CH - CHILYOSIN (chihil yosin; forscha qirq yosin) - Qur’onning Yosin surasini o‘qish bilan
bog‘liq bo‘lgan diniy odat. Unda og‘ir darddan xalos etish yoki yengillatish maqsadida
bemor tepasida Yosin surasi 40 marta o‘qiladi.
CHILLA O’TIRISH - so’fiylarga va muridlarga xos odat. So’fiylik tariqatlarida murid 40
kun davomida uydan chiqmasdan toat-ibodat qilishi "chilla o‘tirish" deb atalgan. Yirik
so’fiy namoyandalarining qarorgohlarida (mas., Turkiston sh.dagi Ahmad Yassaviy,
Buxoro yaqinidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohlarida) chilla o‘tirish uchun alohida
hujralar bo‘lgan. Ch.o‘. vaqti dindor tomonidan oldindan niyat qilingan bo‘ladi. Bu e’tikof
deb ham ataladi.
CHILTON - diniy tasavvurlarga ko‘ra, g‘ayritabiiy kuchga ega bo‘lgan afsonaviy 40 ruh.
Rivoyatlarda Ch.lar odamlar ko‘ziga ko‘rinmaydi, ba’zan ular orasida odam qiyofasida
yashaydi deb talqin etiladi. Ular, odatda, mozor va shu kabi odamlar bo‘lmaydigan
joylarda uchraydi, deb tasavvur qilinadi. Turli ofatlardan saqlanish, kasaldan kugulish
maqsadida Ch.larga atab pilikdan yasalgan 40 chiroq yoqish, ularga bag‘ishlab turli
taomlar pishirish odati bo‘lgan. Taomlar Ch. oshi deb atalgan va ular shu marosim
munosabati bilan to‘plangan xotin-qizlarga tarqatilgan. Hoz. vaqtda Ch.lar va ular bilan
bog‘liq bo‘lgan urf-odatlar deyarli yo‘qolib ketgan.
CHISHTIYA - so’fiylik tariqatlaridan biri. 12-a.da Sharqiy Xurosonda shakllanib, 12-13-
a.da Hindistonda uzil-kesil rasmiy tus olgan. O’rta asrda Ch. suxravardiylik bilan birga
Hindistovda eng ommaviy va keng tarqalgan tariqatlardan hisoblangan. Ch. asoschisi
Xo‘ja Abu Ishoq ash-Shomiy (1097 y.v.e.) bo‘lib, Iroqdan Chisht qishlog‘iga (Hirot
yaqinida) ko‘chib kelgan (tariqatning nomi shundan) va u yerda xonaqoh qurgan. Uning
9-(yoki 8-) vorisi shayx Mu’iniddin Hasan Sijzi Chishtiy (1142-1236) Ch.ni Hindistonga
tarqatdi. Ch. shayxlari o‘z silsilalarini Ibrohim Adham va Hasan al-Basriy orqali Ali ibn
Abu Tolibga bog‘laydi. Ch. tariqati Nizomiddin Avliyo (1325 y. Dehlida v.e.) davrida
o‘zining yuksak cho‘qqisiga yetib, so’fiylik Shim. Hindistonda ommaviy tus olgan hamda
janub va sharq tomon keng yoyilgan. U Ch. tarmogi -Nizomiyaga asos solgan. Ch.
ta’limotining asosini vahdati vujud g‘oyasi tashkil etgan. Ch. vakillari hokim-amaldorlar
bilan har qanday aloqa bog‘lashni inkor qilgan. Allohga tavakkul qilib, o‘z mehnati bilan
tirikchilik o‘tkazishni targ‘ib etgan. So’fiy och kishining qornini to‘ygazish, mazlumlar
iltimosini albatta bajarish, kambag‘al-qashshoklarga baholi qudrat ko‘mak berish yo‘li
bilan Alloh marhamatiga sazovor bo‘lishga intilishi shart, deb hisoblangan. Shuningdek,
muridlarga pulga mukkasidan ketish, gadoychilik bilan shug‘ullanish, araq ichish,
giyohvandlik qilish, tamaki chekish taqiklangan. Ch. yo‘li shariat, tariqat, haqiqat kabi 3
bosqichdan iborat bo‘lib, muridlik davri 1000 kun davom etgan. Zikr bilan birga 40 kun
ro‘za tutish rasm bo‘lgan. Ch. tariqati a’zosi kigazdan qilingan cho‘qqi kuloh kiyishi bilan
boshqalardan ajralib turgan.