Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
352
Allohdan qo‘rqishga, hukumat bilan hamkorlik qilmaslikka, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy
rioya etishga, Rasululloh (sav) sunnatlariga ergashishga, dunyo
lazzatlaridan yuz
o‘girishga da’vat etgan.
Sh. bir necha asr mobaynida Afrikaning Sudandan to Maligacha bo‘lgan ichki
viloyatlarida muvaffaqiyat bilan islomni tarqatgan. Sh. va uning tarmoqlari Marokash,
Tunis, Jazoir, Sudan va b. Afrika mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud. ShOM - 5
vaqt o‘qiladigan namozning biri. Sh. namozining o‘qilish
vaqti Kuyosh botgandan
boshlab, mag‘rib ufqidagi qizil shafaqning ko‘rinmay ketadigan vaqtigacha deb
belgilangan. Bu taqriban 60 daqiqaga teng. Sh. namozi 3 rakaat farz, 2
rakaat sunnat
o‘qishdan iborat. Sh., xufton va bomdod namozlarining farzi jamoat bilan o‘qilganda
imom qiroatni jahriy (ovoz chiqarib) o‘qishi vojib amallardan hisoblanadi. Yakka o‘qigan
odam uchun bu ixtiyoriydir. 2) Quyosh botgan payt ham Sh. deb ataladi.
SHOFI’IY, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ash-Shofi’iy (767-
820) - imom, shofi’iylik mazhabining asoschisi, sayyidlardan. 2 yoshida onasi Makkai
Mukarramaga olib kelgan va shu yerda Qur’oni karimni yod olgan. 10
yil arab olamida
shirin tili va fasohati bilan mashhur bo‘lgan Huzayl qabilasida yashagan, natijada yirik
arab
tilshunosi, she’riyat bilimdoni bo‘lib yetishgan. Ko‘p yerlarga safar qilgan. Makka
muftisi Muslim Xolid az-Zanjiy va Madinai munavvarada Imom Molik huzurlarida ta’lim
olgan. Imomi A’zamning shogirdi Muhammad ibn Hasan bilan Bag‘dodda yaqin
muloqotda bo‘lib, unga shogird tushgan va shu yerda o‘z mazhabini tuzgan. Imom 111.
mazhabi, asosan, Misrda,
Hind okeani davlatlarida, ayrim orollarda tarqalgan.
Sh. bir qancha muddat goh Iroqda, goh Hijozda istiqomat qilgan. 815 y. Qohirada
muqim
turib qolib, shu yerdagi "Amr ibn Os" jome’ masjidida fiqhdan dars bergan.
Sh.ning "ar-Risola", "al-Umm" asarlari islom olamida mashhurdir va shofi’iy ulamolar
uchun eng zarur manba bo‘lib xizmat qiladi. Sh. "Usul al-fiqh" ilmiga asos solgan.
Boshqa faqihlar o‘zlariga manba deb hisoblagan "Istihson"ni qabul qilmagan,
uni xato
deb tushungan.
Bu zot haqida Imom Axmad ibn Hanbal shunday degan: "Siyoxdon ko‘targan har bir
kishining zimmasida Shofi’iyning haqqi bor". Boshqa olimlar esa: "Muhaddislar g‘aflat
uykusida edilar, Imom Shofi’iy ularni uyg‘otdilar", deyishgan.
Dostları ilə paylaş: