www.ziyouz.com kutubxonasi
351
(An’om surasi, 119).
6-Allohdan o‘zganing nomi ila qasam ichish bilan Sh. keltirish.
Ular ba’zi kishilarning ismlarini muborak ulug‘, deb e’tiqod qilishar, ularning ismi bilan
yolg‘ondan qasam ichganning molu dunyoga va axliga nuqson yetadi, deb o‘ylar edilar.
Shuning uchun, bu ishni qilishmas va talashib qolgan odamlardan o‘shalarning ismlari ila
qasam ichishni talab qilar edilar. Bas, bu ishdan man qilindilar.
7-Allohdan o‘zgaga haj yoki ziyorat qilish ila Sh. keltirish.
Ya’ni, o‘sha Allohga Sh., deb e’tiqod qilinayotganlarga xos tabarruk joylarga borib,
ularga kurbat hosil qilishga urinish Shariatda bu ishdan ham man qilingan Payg‘ambar
(as): "Faqat uchta masjidgagina ko‘ch bog‘lab (ziyoratga) boriladi", dedilar. 8-Nom
qo‘yishdagi Sh. keltirish. Mushriklar o‘z bolalariga Abdul Uzzo, Abdush Shams kabi
nomlarni qo‘yar edilar. Payg‘ambar (as) Sh.ka ishora qiluvchi ko‘plab ismlarsh
o‘zgartirdilar. "Ismlarning eng afzali Abdulloh va Abdurahmon", dedilar. Islomda Sh.
hech kimdan kechirilmas gunoh hisoblanadi
SHIRKAT, shirka ("sheriklik" "kooperatsiya") - bitim (akd)ning maxsus turi Unga ko‘ra,
ikki va undan ortiq kishi umumiy ish olib borish uchun (savdo, hunarmandchili* yoki
boshqa sohada) birlashadilar. Buning uchun ular o‘z mablag‘larini o‘rtaga qo‘yib,
birgalikda harakat qilishadi. Bunda har bir sherik umumiy mulkdan foydalanish huquqiga
ega va umumiy ishda qatnashishga majburdir. Daromad: va zarar har bir Sh.
qatnashchisining qo‘shgan ulushiga qarab, yoki kelishuvga asosan taqsimlanadi.
Sh.ning 4 turi bor: 1) To‘liq Sh., unda qatnashchilar teng ulush qo‘shib o‘z
imkoniyatlariga ko‘ra teng bo‘ladilar, ya’ni ular bir kasb-hunar bilan shug‘ullanadilar yoki
bir savdoda mashg‘ul bo‘lib erkin musulmon hisoblanadilar; 2) To‘liq bo‘lmagan Sh.,
unda faqat o‘zaro bitim talab etilib, ulushlarning tengligi talab etilmagan; 3) Maqsadli
Sh.. unga ko‘ra, umumiy mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. lekin kreditga qilish mumkin
bo‘lgan umumiy ish bor; 4) Sh. - kooperatsiya, unda turli kasb-hunar kishilari umumiy
ish yuritish uchun birlashadilar (ko‘nchilar, egarchilar, etikdo‘zlar, quyuvchilar,
temirchilar va b.). Ayrim mazhablarga ko‘ra, Sh.ning so‘nggi 2 turini ularda umumiy
mablag‘ bo‘lmagani tufayli e’tirof etish mumkin emas. Sh. tartibi hozirda islom
mamlakatlari iqtisodiy hayotining barcha jabhalarvda to‘liq saqlanib qolgan bo‘lib, yangi
sharoitlarga moslashib bormoqda.
SHIS (as) - payg‘ambar. Odam (as)ning Hobil o‘ldirilganidan keyin tug‘ilgan 3-o‘g‘li.
Injilda Sif deb atalgan. Xudojo‘y kishi bo‘lgan, Allohdan unga vahiy kelib turgan. Vahiy
50 sahifani tashkil etgan, deb hisoblanadi. Makkada yashagan, haj marosimini
muntazam ravishda ado etgan. Loy va toshdan Ka’ba binosini kurgan. Odamato va
Momohavo bilan birga Makka yaqinidaga Abu Qubays tog‘ining g‘orida dafn etilgan.