Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
349
sifatida ham maydonga chiqqan. Sh. aslida zamindor guruhlar o‘rtasidagi hokimiyat
uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, bu ixtiloflar ko‘pincha diniy
ta’limotdaga tafovut shaklida namoyon bo‘lgan. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi
Qur’onni ilohiy deb e’tirof etadi, lekin ayrim o‘ta reaktsion ruhdagi oqimlari xalifalar
davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Sh. ilohiyotchilari
Qur’onning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydi.
Sunnada hadislar masalasida esa, ular faqat Ali(kv) va uning tarafdorlari nomi bilan
bog‘liq bo‘lgan hadislarni tan olgan va shunday hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar
tuzgan. Bu to‘plamlar Axbor deb atalgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan
farq qilib, Sh.da tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e’tiqod
qilinadi. Bulardan 4 aqida - tavhid (Allohning yagonaligani e’tirof etish), adl (adolat,
Allohning odilligi, ya’ni takdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki ma’od
(oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limoti
bilan mos
tushadi. 5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) esa, sunniylikka va sunniy
xalifapar hokimiyatiga zidliga bilan farq qiladi. Sh. Ali(kv) va uning avlodlaridan iborat
o‘n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni, xususan
dastlabki xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab
olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 y.lar orasida 7-9 yoshida bedarak yo‘qolgan
12-imom Muhammad al-Mahdiyni ular "yashiringan"
hisoblaydi, zamona oxir bo‘lganda
uning qaytib kelishini va adolat o‘rnatishini kutadi (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon).
Bu tasavvur malum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Ba’zi urf-odat va
marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik o‘rtasida ma’lum tafovutlar
bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga, Karbalo,
Najaf sh.larida joylashgan TTT. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. Sh. shariatida
ja’fariylik mazhabi hukmron bo‘lib, shialar imom Husaynga motam tutadi, shaxsey-
vaxsey deb nom olgan motam yurishlari o‘tkazadi va h.k. O’rta asrlarda Sh.
ichida
ixtiloflar yuz bergan, natijada ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar,
ismoiliylar, ibodiylar va b. hozir ham mavjud. Sh. hoz. vaqtda Eronda hukmron e’tiqod
hisoblanadi. Iroq, Afgoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va
Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka e’tiqod qiladi.
SHIBLIY, Abu Bakr Dulaf ibn Jahdar (ibn Ja’far) (861-946) - bag‘dodlik so’fiy, al-Junayd
va al-Hallojning eng yaqin shogirdi va safdoshi. Samarrada tug‘ilgan, otasi xalifaning
bosh hojibi, amakisi -Iskandariyada amir ul-umaro bo‘lgan. Sh.ning o‘zi
xalifa al-
Muvaffaqning hojibi vazifasida ishlagan. 40 yoshida Shim. Erondagi Damovand viloyati
voliysi etib tayinlangan, biroq to‘satdan bundan voz kechib, Bag‘dodning mashhur
so’fiylaridan Xayr an-Nassoj huzurida (majlis) "tavba" qilib so’fiylikni ixtiyor etgan.
Dastlabiga hissiyotga o‘ta beriluvchan xarakterli Sh. al-Halloj targ‘ib etgan "o‘ta"
so’fiylikka moyillik bildirgan. Biroq, ta’qib etishlar, so‘ngra al-Hallojning qatl etilishi uni
o‘z qarashlarini o‘zgartirishga
majbur etib, al-Junayd va tarafdorlari kabi ehtiyotkorona
mavqeni tutishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Sh. al-Hallojdan yuz o‘girib, uni
mumtoz shaxslar mulki bo‘lgan "sirlar"ni ochganlikda qoralaganligi haqida ma’lumotlar
bor. Al-Halloj qatlidan so‘ng Sh.ning hulqi juda g‘alati bo‘lib qolgan. Uning g‘alati qiliqlari
(qimmatbaho kiyimlari va mushk anbarlarini yoqib yuborishi, o‘zini o‘zi qiynoqqa solishi
va b.) hissiyotga o‘ta beriluvchanligi uni telba deb hisoblashlariga olib keldi, shuning
uchun bu davrda g‘ayrifikrlovchilar va bid’atga qarshi kurash olib borayotgan Bag‘dod
hukmron doiralari unga e’tibor bermaganlar. Sh.ni
shuningdek, badavlat xonadonda
tug‘ilganligi va o‘sha paytda shu kurash tashabbuskorlaridan bo‘lgan molikiylar