Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
vafotlaridan 81 kun oldin, hijratning 10-yili Madinadan hajga kelib, arafa kuni shu
tepalikka chiqqanlar va oq tuyalarini cho‘ktirib, uning ustida turib mashhur "Vidolashuv
va’z"larini aytganlar. Shu sababli bu joy uzoqdan ko‘rinib turishligi uchun ustun shaklida
ko‘tarilib, oqqa bo‘yab qo‘yilgan.
ARVOH (arab. - ruhlar) - q. Ruh.
ARKON ad-DIN - q. Rukn.
ARSLONBOB (taxm. 11-a.) - turkistonlik mashhur so’fiy. A.ning hayoti, so’fiylik faoliyati
haqidagi ma’lumotlar nasabnoma (shajara)larda va qo‘lyozma manbalarda qisqa
berilgan. Ahmad Yassaviyning birinchi ma’naviy ustozi bo‘lgan. Yosh Ahmad uning
rahbarligida sufishtik tariqatining murakkab amaliy va nazariy bilimlarini olgan. Rivoyat
qilinishicha, A. Qirg‘iziston hududidagi shu nom bilan ataluvchi qishloqqa dafn qilingan.
Maqbarasi hozirgacha saqlanib qolgan va ziyoratgoh hisoblanadi.
ARSH, Arshi a’lo (arab. taxt) - buyuk taxt. Aqoid ilmi ulamolari fikri, oyat hamda
hadislarga ko‘ra, A. oyoqlari bor taxt bo‘lib, uni farishtalar ko‘tarib turadi. U xuddi olam
ustidagi kubbaga o‘xshash. U maxluqotlarning shiftidir. Alloh taoloning A.ga ehtiyoji
yo‘q, balki uni O’zi bilgan hikmat uchun yaratgandir. A. faylasuflar aytganidek falak
emasdir. Ular A.ni to‘qqizinchi falak yoki atlas falaki deyishgan. Arablar A.ni hech qachon
bu ma’noda ishlatmaydilar. Alloh taolo A.ga barobar bo‘lib, uning ustida turgani unga
muhtojligidan emas. Alloh bundan oliy va ulug‘dir. U o‘z qudrati ila o‘zidan pastdagi A.ni,
uni ko‘tarib turuvchilarni va undagi narsalarni ko‘tarib turuvchidir. Shuningdek, Alloh
A.ni va undagi narsalarni ihota qiluvchidir. A. Allohning qudrati ostida chegaralangan va
Unga muhtojdir. Qur’oni Karim oyatlarida A. to‘g‘risida 23 joyda bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: