XO’JA (fors. xoja - xo‘jayin, janob) - turli islom mamlakatlarvda turli davrlarda turlicha
ma’nolarda ishlatilib kelingan faxriy unvon va murojaat shakli.
1. Misrda o‘rta asrlarda X.lar - badavlat fors va b. kelgandi savdogarlar. Somoniylar (9-
10-a.) va Raznaviylar (10-12-a.) davlatlarida ulug‘ (buzurg) X. - vazir unvoni.
Usmoniylar saltanatida X. - ulamoni anglatgan. Sulton murabbiysi, saroy kitobdori va
haram og‘alari ham shunday atalgan. X. i jahon - Hindiston sultonliklarida (14-15-a.)
yuqori mansabdor shaxslar unvoni. Ko‘pligi xojagon -Usmoniylar saltanatida (16-20-a.)
amaldorlar sinfi nomi. X. boshi - viloyatlarda soliq xizmati boshlig‘i. Hoz. Turkiyada X. -
din bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va o‘qituvchiga nisbatan murojaat shakli. Bir qator
hoz. arab mamlakatlarida xavoja (xuvaja) - savdogarlar, birinchi navbatda nomusulmon
savdogarlarni anglatadi hamda nomusulmonlarga nisbatan muomalaning yumshoq
shakli.
2. O’rta Osiyoda 20-a. boshiga qadar X. - xulafoi roshidin (Abu Bakr, Umar (asosan),
Usmon va Ali (uni Muhammad (sav) qizlari Fotimadan bo‘lgan avlodlaridan tashqari; q.
Sharif) dan tarqalgan ekanliklarini da’vo etuvchi shaxslarning faxriy unvoni. Boshqa
manbalarda X.lar arablarning fathiy yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarning
avlodlari deb hisoblanadi. X.lar islomda oqsuyaklar tabaqasi sifatida sayyidlardan keyin
turib, imtiyozlarga ega bo‘lganlar, ba’zi musulmon mamlakatlarida hozir ham ularning
imtiyozlari saqlanib kelinmoqda. Urta Osiyoning siyosiy va iqtisodiy hayotida X.lar katta
nufuzga ega bo‘lganlar, juda katta yer va mulkka egalik qilganlar.
3. Abdulxoliq G’ijduvoniy asos solgan Xojagon so’fiylik tariqati a’zosini anglatuvchi
istiloh, keyinchalik (19-a.) kelib chiqishi mana shu tariqat bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha
hukmdorlar sulolasi.
4. Hindistondagi ismoiliylar-nizoriylar jamoasini anglatuvchi istiloh. Ular shuningdek,
Zanjibar, Afrikaning sharqiy qismi, Hindikush (u yerda mavolis deb ham atalganlar),
O’rta Osiyoning bir qancha viloyatlari, Sharqiy Eron va Fors ko‘rfazi intaqasida
yashaydilar.
5. Hindistonda, asosan, ismoiliy-nizoriylar, sunniylar, shia-imomiylardan tarkib topgan
aholi guruhiga nisbatan ishlatiladigan istiloh.