Shu munosabat bilan quyidagi qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lur edi.
Birinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 25- moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi.
Bu avvalambor partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotining shakl va usullari tobora turli-tuman va keng miqyosga ega bo‘lib borayotgani bilan izohlanadi. Shuning uchun saylovqonunchiligida