Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


saylov kampaniyasining ushbu muh



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə31/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
19tom2011yilpdf

saylov kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish jarayonida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan normalarni nazarda tutish lozim.

Bundan tashqari, “Saylovoldi tashviqoti” tushunchasining o‘ziga aniq

ta’rif berish, bunday tashviqotni olib borish shartlari, turlari, ruxsat etilgan shakl hamda usullarini qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yish zarur.

Yaxshi bilamizki, bunday tajriba turli demokratik mamlakatlarning saylov qonunchiligida keng qo‘llanib kelmoqda.

Ikkinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga saylovoldi tashviqotini nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borish mumkin emasligi to‘g‘risidagi normani kiritish maqsadga muvofiqdir. Mazkur norma bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchiligida keng qo‘llanadi. Uning qonunchiligimizga kiritilishi saylovchilarga o‘z qarashlarini, siyosiy xayrixohligini aniqlab olish, boshqacha aytganda, ularning kim uchun va qanday siyosiy dastur uchun ovoz berish masalasida ongli ravishda aniq bir qarorga kelishi uchun qo‘shimcha vaqt berilishiga imkon yaratgan bo‘lur edi. Qonunchilikning ushbu qismini takomillashtirish ovoz berish arafasida turli suiiste’mollik holatlari va qonun buzilishlarining oldini olish imkonini ham beradi, albatta.

Uchinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 38- moddasiga qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi. Ma’lumki, joylardagi uchastka komissiyalari aksariyat hollarda qonunchilikda yanada aniq belgilab qo‘yishni talab etadigan turli vaziyat va muammoli holatlarga duch keladi. Ulardan biri muddatidan oldin ovoz berish tartib-qoidasi bilan bog‘liq muammodir. Shuning uchun ham zikr etilgan qo‘shimchalarning kiritilishi fuqarolarning saylov huquqlari amalga oshirilishini, ularning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishini, uchastka komissiyalari faoliyati oshkoraligini ta’minlash va saylov qonunchiligi buzilishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida navbatdagi qadam bo‘lur edi.

To‘rtinchi. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga “ovoz berish kuniga qadar qolgan besh kun ichida, shuningdek, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish (e’lon qilish), shuningdek, ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan, Internet tarmog‘iga) joylashtirish taqiqlanadi” degan normani kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu normaning yuqorida ko‘rsatilgan qonunlarga kiritilishi saylovchilar huquqlarining yanada ta’sirchan himoya qilinishi, muayyan nomzodga g‘arazli munosabatda bo‘lish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish imkonini beradi.

Beshinchi. O‘zbekiston Ekologik harakatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga O‘zbekiston Ekologik harakatining Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo‘yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning ishtirok etish huquqini belgilab beradigan qo‘shimcha kiritish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.

Yuqorida bayon etilgan qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirish mamlakatimizda saylov erkinligi huquqi prinsipining to‘liq joriy etilishi va saylov tizimining yanada demokratlashuviga xizmat qilishi muqarrar.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin