Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə28/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
19tom2011yilpdf

IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish

Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi. Saylovlar bu mamlakatimizda

amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir.

Shu munosabat bilan o‘tgan davr mobaynida yurtimizda samarali,

demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida g‘oyat chuqur o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidlash o‘rinlidir.

Ma’lumki, Konstitutsiyamizga, shuningdek, “Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga

2003 va 2008 yillarda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shu bilan birga, ushbu davrda mazkur sohaga oid ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Bularning barchasi milliy saylov tizimining izchil va bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va normalarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi.

Ushbu qonunlarda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko‘p
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin