partiyaviylikasosidao‘tkazilishiqat’iy belgilabqo‘yildi. Mamlakat Prezidenti lavozimiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa – siyosiy partiyalarning joylardagi tegishli organlari tomonidan ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi prinsipial qoida
mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari tomonidan ko‘rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi prinsipial qadam bo‘ldi.
Shu borada saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida ham kamdan-kam uchraydigan mutlaq vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga berilishini ko‘zda tutadigan o‘zgartishlarning kiritilishi o‘ta muhim ahamiyatga molik ulkan voqea bo‘ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan aralashishga qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.
2009 yilgi saylov arafasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Konsepsiya ishlab chiqildi. Mazkur Konsepsiya xorijiy ekspertlar tomonidan fuqarolarning saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha noyob hujjat sifatida baholangan edi. Haqiqatan ham, ushbu Konsepsiyaning amalga oshirilishi saylovning qonun talablariga to‘la muvofiq holda, siyosiy partiyalarning o‘ta faol ishtirokida, saylov jarayoniga markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlarining aralashuviga yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazilishini ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynadi.
Bizning qonunchiligimizda saylov kampaniyasining biron-bir ishtirokchisi uchun qandaydir alohida imtiyoz va preferensiyalar berilmasligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalariga muvofiq, Prezident saylovi, parlament va davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov hozirgi vaqtda qonun bilan belgilangan yagona kunda – ularning konstitutsiyaviy vakolatlari muddati tugaydigan yilning dekabr oyi uchinchi o‘n kunligidagi birinchi yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Aytish kerakki, bizning saylov tizimimiz rivojida 2008 yili saylov qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgartishlar muhim bosqich bo‘ldi. Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi, shundan 135 nafar deputat siyosiy partiyalardan saylanadi. Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari nihoyatda muhim va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganidan kelib chiqqan holda, quyi
palatamizdagi 15 ta deputatlik o‘rni O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlarga berildi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga saylov jarayonining yanada liberallashuvini ta’minlaydigan bir qator normalar kiritildi. Jumladan, saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘yxatdan o‘tishi uchun o‘rnatilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi.
Ayni vaqtda siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish masalasini hal etish borasida zarur bo‘ladigan saylovchilar imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi.
Shuningdek, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. Shular qatorida saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning “vakolatli vakili” degan yangi institut kiritildi, unga imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilishini tekshirishda, saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqi berildi.
Yana bir muhim yangilik – qonun hujjatlariga saylov komissiyalarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bilan bog‘liq faoliyatida oshkoralikni ko‘proq ta’minlashga qaratilgan normalarning kiritilishida o‘z aksini topdi.
Shu asosda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlarida, shuningdek, saylov kunida ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalari vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
Shunisi e’tiborga sazovorki, bizning saylov tizimimiz xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, ularning davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyalardan ko‘rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi shart ekani to‘g‘risidagi normaning kiritilgani buning yaqqol tasdig‘idir.
2009 yilgi saylovlar jarayonida ayni ana shu normaning tatbiq etilishi parlamentning quyi palatasiga umumiy deputatlar sonining 22 foizini tashkil etadigan 33 nafar xotin-qiz deputatni saylash imkonini berdi.
Senat a’zolari etib saylanganlarning 15 foizi ayollardir, mahalliy vakillik organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar esa bugungi kunda jami deputatlar sonining 20 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik o‘zgarishlarning muhim tarkibiy qismi hisoblangan saylov tizimimiz muntazam takomillashib bormoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda hayotning o‘zi, ayniqsa, oxirgi saylovda biz to‘plagan tajriba yurtimizda saylov jarayonlarini yanada demokratlashtirish masalalarini kun tartibiga qo‘ymoqda.