Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə26/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
19tom2011yilpdf

«Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida» Qonun qabul qilish haqida taklif kiritilmoqda.

Ma’lumki, hozirgi vaqtda ushbu sohadagi faoliyat ommaviy axborot vositalari, radiochastota spektri, telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunlarning muayyan moddalari bilan tartibga solib kelinmoqda.

Shu bilan birga, teleradioeshittirishlar sohasini mustaqil qudratli industriya sifatida qayta tashkil etish, teleradioeshittirishlarning yangi shakl va turlarining paydo bo‘lishi teleradiodasturlarni tayyorlash va uzatish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tizimli va keng ko‘lamli ravishda tartibga soladigan yaxlit qonunni kuchga kiritish zaruratini tug‘dirmoqda.

Ushbu qonunning qabul qilinishi teleradiodasturlarni tayyorlash va tarqatish sohasida raqobatni yanada kuchaytirish, teleradiodasturlarni uzatish borasida mobil va raqamli televideniye kabi ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, teleindustriyaning istiqbolli yangi tarmoqlarini tashkil qilish uchun zarur sharoitlarni yaratish imkonini beradi.

Bu qonun milliy teleradioeshittirishlar tizimi faoliyatini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini va moliyalashtirish manbalarining erkinligi va mustaqilligi kabi prinsiplarini belgilab berishga, radiochastotalarni olish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta’minlash, teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun sharoit yaratish va boshqa bir qator muammolarni yechishni nazarda tutadi.

Uchinchi. Ommaviy axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash mualliflik huquqlari va intellektual mulkni ishonchli himoya qilishning huquqiy kafolatlari va mexanizmlarini

kuchaytirish, axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy qilish bilan bevosita bog‘liqdir.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun *«Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»*gi qonunlarni qabul qilish taklif etiladi. Bu qonunlar axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, qo‘shimcha iqtisodiy preferensiyalar yaratish va milliy axborot makonini izchil rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan boshqa tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

To‘rtinchi. Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish maqsadida *«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»*gi va boshqa bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etiladi.

Bunda, xususan, davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora- tadbirlarni ko‘zda tutish lozim. Ommaviy axborot vositalarining axborot olish yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish, axborot olish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik va mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligini kuchaytirish va boshqa chora-tadbirlarni ta’minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlar ustida ish olib borish zarur.

Shu bilan birga, siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanish lozim.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin