www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
ISLOM KARIMOV
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY
INQIROZI, O‘ZBEKISTON
SHAROITIDA UNI BARTARAF
ETISHNING YO‘LLARI VA
CHORALARI
ISBN 978-9943-01-391-9
Toshkent
«O‘zbekiston»
2009
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va
chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga baho berar
ekan, ko‘pgina xalqaro ekspert va mutaxassislar bu inqirozning sabablari
va yanada avj olishi bilan bog‘liq prognozlarida javoblardan ko‘ra
ko‘proq savollarga duch kelishmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi,
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" deb
nomlangan ushbu asarning dolzarbligi ham aynan ana shu holatlar bilan
izohlanadi. Kitob quyidagi ikki qismdan iborat:
birinchisi — jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan
omillar;
ikkinchisi — bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish,
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun
inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning
ishonchli yo‘lidir.
I. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri
hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan
omillar
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan
jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga
kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.
Avvalo, jahon moliyaviy inqirozi haqida.
Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida
ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi
kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov
qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning
yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va
aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish
va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq
ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global
moliyaviy inqiroz
holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan
oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida
quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: |